46
geografik jihatdan tasvirlab bergan sayyoh, vatandoshimiz Abdurazzoq
Samarqandiydir. U sayohati davomida Xurosonning qumli cho‗llari, Markaziy
Osiyoning janubi, Ozarbayjon, Eron, Iroq orqali o‗tib, Fors ko‗rfazidan
Arabistonga chiqqan va mazkur dengiz orqali Hindistonga yetib borgan.
Hindistonga borgan mashhur rus sayyohi Afanasiy Nikitin va golland sayyohi
Vasko da Gamalar Hindistonga dengiz yo‗li bilan borishda vatandoshimiz
Abdurazzoq Samarqandiyning asarlaridan foydalanganliklarini yozib qoldirgan.
Zahiriddin
Muhammad
Bobur
(1483
–
1530)
Zahiriddin
yoshlik
chog‗laridanoq turli sayohatlarni Yaxshi ko‗rgan. U 15-16 yasharligida Farg‗ona,
Samarqand va Toshkent hududlarini bir necha marta aylanib chiqqan. 19 yoshga
to‗lganda, Hisor tarafidan toqqa ko‗tarilib, Fandaryo va Iskandarko‗l orqali
Zarafshon vodiysiga o‗tib, Samarqandga kelgan. Boburning yozishicha, 21
yoshigacha Farg‗onadan Buxorogacha, Toshkentdan Hisor va Hirotgacha bo‗lgan
barcha shahar va qishloqlarda hamda dashtu tog‗larda bo‗lgan. U umrining 30
yilini safarlarda o‗tkazdi. Sayohatlari davrida o‗zining shoh asari «Boburnoma»
uchun boy ma‘lumotlar to‗plagan. «Boburnoma» O‗rta Osiyo, Afg‗oniston va
Hindiston davlatlarining geografiyasi, tarixi, ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, tabiati,
etnografiyasi va tibbiyotiga oid muhim ma‘lumotlar to‗plami jihatidan dunyodagi
eng mukammal asarlar ro‗yhatiga kiritilgan. «Boburnoma» da 1000 dan ortiq
geografik nomlar, mamlakat, shahar, qishloq, qal‘a, dasht, tog‗, dovon, dara, daryo,
ko‗prik, kechuv, ko‗l, chashma, bog‗, yaylov va joylarning nomlari keltirilgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Markaziy Osiyoda qadimgi sayyohlik Buyuk
Ipak yo‗lining paydo bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lib, IX–XI asrlarda rivojlangan
sayyohlik tufayli kishilar bilimini oshiradigan turizmning ilmiy turiga asos
solingan va ziyoratchilik keng rivojlangani tufayli diniy turizmning ham
ochilishiga asos qo‗yilgan edi.
Dostları ilə paylaş: