Fernan
Magellan
(1480-1521),
Vasko da Gama
(1469-1524),
Xristofor Kolumbni
(1451-1506) ko‗rsatish mumkin, ulardan oxirgisi 1492-1493 yillarda uchta
karavellada Atlantika okeanini bosib o‗tgan va Amerika qit‘asini ochgan.
Markaziy Osiyo olimlarining turizm bilan bog„liq sayohatlari.
Ziyoratchi-
olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis
Imom Ismoil al-Buxoriyni
tan
olamiz. Imom Ismoil al-Buxoriy o‗z onasi bilan 17 yoshida hajga borib, bir necha
yil Arabistonda yashaydi. U fiqh hadislarini yig‗ish maqsadida Bog‗dod, Damashq,
Balx, Nishopur, Misr va boshqa ko‗pgina arab shaharlarida 40 yil davomida
sayohat qilib, hadislarni to‗playdi. Bunga Imom al-Buxoriyning zamondoshi
Abu
Iso Muhammad at –Termiziyni
ham misol qilish mumkin. Shu davrda uning
Bog‗dodda ko‗pgina shogirdlari ham bor edi.
Arab halifaligiga kirgan Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda mahalliy
tillarda yozilgan asarlari yo‗q qilinib, yerli bilimdonlar, tolibi ilmlar halifalikning
markaziy shaharlari Damashq, Qohira, Bog‗dod, Kufa va Basraga borib bilim
olishgan va arab tilida ijod qilishga majbur bo‗ladilar. Bu shahar Sharqning yirik
ilm va madaniyat markazi bo‗lib, ular orasida Bog‗dod shahri eng mashhuri edi. IX
asrda bu shaharda «Bayt-ul hikma» – «Donishmandlar uyi» Sharqning o‗z
davridagi Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan edi.
«Bayt-ul hikma»da katta kutubxona hamda Bog‗dodda va Damashqda
astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu yerdagi
toliblar tadqiqotlar bilan bir qatorda, qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy
merosini o‗rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‗ullanadilar. Bu
yerda o‗rta asar ilmu faniga katta hissa qo‗shgan ko‗pgina Movarounnahr va
Xurosonlik olimlar ijod qilishgan. Quyida Markaziy Osiyolik sayyoh olimlarning
sayohatlari (turizm) bilan bog‗liq faoliyatini keltiramiz:
Xorazm ilmiy maktabining ilk ko‗zga ko‗ringan namoyondasi Muhammad
Xorazmiy bo‗lib, u amerikalik sharhshunos D.Sarton ta‘biri bilan aytganda,
«Barcha zamonlarning eng ulug‗ matematiklaridan biri edi» –deb aytib o‗tgandi.
|