O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə24/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Abu Rayhon Beruniyning
umri doimo sayohat va bir shahardan ikkinchisiga
ko‗chib yurib, tadqiqotlar o‗tkazish bilan o‗tgan. Bag‗dodda oy tutilishini isbotlab
bergan. Agar Beruniyning butun umri davomida qilgan sayohatlarini sarhisob
qilsak, u shimolda Xorazmga, janubda Hindistonga, g‗arbda Kaspiy dengizi sohili
va Bag‗dod oralig‗ida sayohat qilgan.
Abu Ali ibn Sino. 
Ibn Sino hayoti davomida tez-tez sayohat qilgan va ko‗p
yurtlarni kezgan. Buxorodan keyin Xorazmda, Turkmanistonda, Eron shaharlarida
va Kaspiy dengizi sohillariga sayohat qilgan.

Ibn Sino Kasbiy dengizi bo‗yida, Marv daryosi bo‗ylarida va Qoraqum


sahrosini kesib o‗tishda, Eron, Turkmaniston mamlakatlari xududlaridagi
sayohatlari davrida dorivor o‗simliklarning o‗sish ariallari, ularning shifobaxshlik
xususiyatlarini o‗rganish davomida joylarning geografik xaritalardagi o‗rni, tabiiy
iqlim sharoitlari ayniqsa, buloqlar, betakror tabiiy go‗shalar, issiq suvlarning
davolash xususiyatlari haqida juda ko‗p ma‘lumotlarni o‗z asarlarida qayd etgan.
Nosir Hisrav
Balx shahri yaqinidagi Qobodiyon qishlog‗ida tug‗ilgan. U
1045-yilning kuzida Murg‗ob daryosi bo‗ylab janubga yurib, daryoning
boshlanishigacha yetib borishda ko‗rganlarini o‗zining esdaliklariga tushirgan.
Ikkinchi sayohatini u 1046-yil Arabistonga qarab boshladi. Manbalarda
keltirilishicha, uning bu safari XI asrda amalga oshirilgan eng uzoq muddatli,
qiziqarli va ma‘lumotlarga boy bo‗lgan sayohatlardan biri hisoblanadi.
Mazkur sayohat Marvdan boshlanib, Eronning shimoliy qismi, Armaniston,
Turkiya janubi, Arabistonning Makka va Madina shaharlari, Livan va hozirgi Isroil
yerlaridan o‗tib, Misrgacha davom etgan. Shundan keyin, olim Hindistonning
shimoliy viloyatlariga sayohat qilgan. Uning «Safarnoma» asari jahon
geografiyasidagi eng nodir asarlardan biri sifatida qabul qilingan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin