“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 148,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix22.08.2023
ölçüsü148,38 Kb.
#140154
  1   2   3   4   5
k17Y59uTL9EkFqbZsZ2yKCyATC53REfI2G2nOhNw



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
yoki

O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“Boshlang‘ich sinflarda AKT dan foydalanish usullari”
 
 
o‘quv kursining
“ Loyihalashtirish va modellashtirish ta’lim texnologiyalari asosida 
biologiya fanini o‘qitish” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Azimova Dilrabo Ergashevna 
Toshkent 2021 
 


4-Mavzu: Loyihalashtirish va modellashtirish ta’lim texnologiyalari 
asosida biologiya fanini o‘qitish
 
Reja: 
1.Loyihalash texnologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari. 
2.Qisman izlanishli, ijodiy, ilmiy-tadqiqot xarakteridagi muammolarni 
loyihalash yo‘llari. 
3.O‘quvchilarning muammolarni hal etish yo‘llarini loyihalash 
ko‘nikmalari. 
Loyihalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi
chunki, u 1920-yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J. Dyu va uning shogirdi 
V.X. Kilpatrik tom onidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga 
kelgan. Hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, 
Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliyava, Niderlandiya kabi rivojlangan 
mamlakatlaming ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. 
J. Dyu o‘qitishni o‘quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda 
o‘quvchilarning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali 
tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o‘quvchilarga o‘zlashtirgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini amaliyotga qo‘llash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish 
yo‘llarini ko‘rsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘liq holda o‘qitish 
lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda o‘quvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik 
muammolarni avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalarini amaliyotga qo‘llab hal etish 
orqali yangi bilim, ko‘nikma va malakalami o‘zlashtiradilar. 
O‘quvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun o‘qituvchi 
ularga tegishli ko‘rsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalami tavsiya etishi, 
o‘qitishdan ko‘zlangan natijaga erishish yo‘llarini ko‘rsatishi, buning uchun 
muammoni hal etishda o‘quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim. 
Loyihalash texnologiyasining asosiy g‘oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga 
molik bo‘lgan muammoni hal etish jarayonida ko‘zlangan natijaga erishishdir. Agar 
nazariy muammoni loyihalash lozim bo‘lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy 
muammo bo‘lsa, amaliyotga qo‘llash masalasi bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab 
chiqish lozim. O‘quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish 
ko‘nikmalarini egalla gan bo‘lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo‘llarini 
izlashlari bu borada aw al o‘zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli 
sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli 
yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini tasaw ur 
qilishlari zarur. 


Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum bir muammoli 
vaziyatni vujudga keltirish orqali o‘quvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash 
faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallash-lari, fanlararo 
bog‘lanishlarni amalga oshirish sanaladi. 
Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi: “O‘rganilayotgan bilim, ko‘nikm 
alar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni 
bilaman” sanaladi. Bu tezis o‘quvchilarning fan asoslarini ongli o‘zlashtirishlari, 
hayotga moslashishlari va mo‘ljalni to‘g‘ri olishlariga yordam beradi. 
Biologiyani o‘qitishda o‘qituvchi loyihalash texnologiyasidan o‘quv 
chilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda o‘quv 
muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy 
muammolarni hal etishda foydalanishi zarur. 
Loyihalash texnologiyasida foydalanish o‘quvchilarga individual va 
differensial yondashish imkonini beradi. 
Har bir loyiha o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi, shu sababli ular ma’lum 
belgilariga ko‘ra quyidasicha tasniflanadi: 
Loyihada ko‘zda tutilgan faoliyatning ustunligiga ko‘ra: 
tadqiqot xarakteridagi loyihalar; 
ijodiy xarakterdagi loyihalar; 
rolli loyihalar; 
amaliy xarakterdagi loyihalar; 
izlanish va mo‘ljal olishga mo‘ljallangan loyihalar. 
Tadqiqot xarakteridagi loyihalar. Ushbu loyihalaming tuzilishi juda yaxshi 
ishlangan, jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot 
predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati, foydalani ladigan metodlar, tadqiqotlar va 
tajribalar o‘tkazish, natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo‘lishi kerak. 
Mazkur loyiha mantiqan to‘lig‘icha ilmiy-tadqiqot muammolariga 
yaqinlashgan va uning yechimiga mos va bo‘ysingan bo‘lishi kerak. 
Loyihaning ushbu turi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, tadqiqot muam-
mosining predmeti va obyekti, vazifalarning izchil va bosqichma-bosqich 
aniqlanishi, muammolarni hal etish bo‘yicha farazlami ilgari surish, uni hal 
etishning tadqiqot o‘tkazish va tajribalar qilish yo‘llarini ishlab chiqish, olingan 
natija va xulosalarni muhokama qilish, rasmiylashtirish, tadqiqotni davom ettirish 
uchun yangi muammolar belgilanishi lozim. 
Biologiya o‘qituvchisi bu toifadagi loyihalardan darsda va sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlarning ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarida 
foydalanishi mumkin. 


Botanika o‘quv kursida o‘simlik organlarini o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, 
“O‘simlik – yaxlit organizm” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarga quyidagi loyiha 
tavsiya etiladi. 
Loyiha mavzusi: o‘simlik yaxlit organizm. 
Loyihaning maqsadi: o‘simlik organlarining tuzilishi va funksiyasini hisobga 
olgan holda uning yaxlit organizm ekanligini isbotlash. 
Loyihaning mazmuni: o‘simliklarning vegetativ va generativ organlarining 
tuzilishi va funksiyasini qayd etgan holda o‘simlik yaxlit organizm ekanligini 
isbotlang. O‘simlik organlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar aks etgan jadvalni tuzing va 
shu asosda flkrlaringizni dalillang. 
Jumladan, “Qizil lola” jamoasining monitoringini tuzish” mavzusidagi loyiha 
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, ayniqsa, qo‘l keladi. 
Loyiha mavzusi: qizil lola jamoasi monitoringini tuzish. 
Loyiha maqsadi: qizil lola jamoasining hozirgi tarkibi, uning kelgusidagi 
o‘zgarishi va ulam i saqlab qolish chora-tadbirlarini belgilash. 
Loyihada foydalaniladigan metodlar: kuzatish, matematik statistika, 
eksperiment, tajribalar o‘tkazish, umumlashtirish va rasmiylashtirish. 
Topshiriqning mazmuni: 
Agar qizil lola o‘sadigan maydonning 100 metr 2 da 100 ta lola uchrasa, shu 
maydondagi lolalarning soni 10 yil davomida qanday o‘zgarishini yillar bo‘yicha 
hisoblab toping. 
Mazkur o‘zgarishlarni grafik shaklda tasvirlang. 
Eslatma: 
qizil lola ko‘sakchasida 6 ta urug‘ yetilib, urug‘dan chiqqan nihol 
9—10 yilda gullaydi. Har bir tup lolada bir yilda 4 ta piyozcha hosil bo‘lib, undan 
ungan nihol 4-5 yilda gullaydi. Lola urug‘ining unuvchanligi 75% ni tashkil etadi. 
Ijodiy xarakterdagi loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan 
ijodiy yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi 
loyihalardan asosiy farqi, ulam ing mantiqiy strukturasi aw aldan belgilanmaydi, 
balki 
loyihaning 
yechimi 
davomida 
shakllantiriladi. 
Ijodiy 
loyihada 
qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga ko‘ra loyihaning yo‘nalishi, olinajak 
natija belgilanadi. Lekin loyihada ko‘zda tutilgan natijani rasmiylashtirish va 
jihozlashda qat’iy talab qo‘yiladi. 
Biologiya o‘qituvchisi ushbu loyihalar turidan darslarda foydalanishi 
mumkin. Odam va uning salomatligi o‘quv kursida “Odamning sutkalik ovqat 
ratsionida oqsil, yog‘, uglevodlar miqdori va ulardan ajralib chiqadigan energiya 
miqdorini aniqlash” laboratoriya mashg‘ulotini kichik guruhlarda tashkil etib, ularga 
quyidagi topshiriqlar tavsiya etiladi: 



Yüklə 148,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin