O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
“_________________________RAQAMLI IQTISODIYOT____________” FANIDAN
4-MUSTAQIL ISH
Mavzu: Sun’iy intelekt rivojlanishining xatarlari
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi U.Abdunabiyev
Qabul qildi: _______________
Jizzax 2023
REJA:
1.Sun’iy intelekt bilan bog‘lik muammolar
2.Sun’iy intelektning iqtisodiyotga ta’siri
3.Huquqiy tartibga solishdagi muammolar
So‘nggi vaqtlarda sun’iy intellekt turli sohalarga kirib kelmoqda va yaqin yillar ichida ishsizlik darajasi keskin oshishi mumkin. Hattoki bir nechta mamlakatlarda informatsion ko‘rsatuvlar ham sun’iy intellektga asoslangan boshlovchilar tomonidan olib borilmoqda. Ushbu maqola orqali tadqiqotchilar aniqlagan sun’iy intellekt imkoniyatlari, xatarlari va kelajagi haqida fikr yuritamiz. Generativ neyron tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog‘liq xavf va istiqbollar o‘rganib chiqildi.Generativ neyron tarmoqlar matnlar, tasvirlar, video, audio, taqdimotlar va boshqa ishlarni yaratuvchi neyron tarmoqlardir. Generativ neyron tarmoqlarga misollar “ChatGPT” va “Midjourney”.
2023-yilda Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida 12 ming ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt eng muhim strategik texnologiyaga aylangan.
“Next Move Strategy Consulting” ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib sun’iy intellekt bilan bog‘liq mahsulotlar bozori qariyb o‘n barobar oshib, 2 trillion dollarni tashkil qiladi. Aksariyat SI texnologiyalari ta’minot zanjiri boshqaruvi, marketing, mahsulot dizayni va ma’lumotlarni tahlil qilish sohalarida paydo bo‘ladi.
Sun’iy intellektni rivojlantirishga sarmoya kiritish va ilmiy nashrlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar Xitoy va AQSh hisoblanadi.
Neyron tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog‘liq xavflar orasida tadqiqot mualliflari quyidagilarni aniqladilar:
SI tomonidan yaratilgan matnlarni aniqlash bilan bog‘liq muammolar.
Internetda to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq huquqiy qiyinchiliklar.
Bank, tijorat, tibbiy va boshqa sirlarga taalluqli ma’lumotlardan foydalanish.
Sun’iy intellektni rivojlantirish istiqbollari orasida xatolik narxi kichik bo‘lgan sohalarda ishlashning yaxshilanishi bor.Bunda eng foydali senariy chet el sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlash emas, balki o‘zining raqobatbardosh yechimlarini yaratish hisoblanadi.
Generativ sun’iy intellektning (GSI) rivojlanishi jamiyat uchun turli sohalarda, jumladan, fan, tibbiyot, ishlab chiqarish, aloqa va ko‘ngilochar sohalarda ulkan salohiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |