45
qishloqlarni kezgan. Uning «Devoni lug‗atit turk» (Turkiy so‗zlar lug‗ati –
«Devon») dunyo ilmining nodir qomusiy asari sifatida tan olingan. Shuning uchun
ham sharhshunos N. Baskakov Mahmud Qoshg‗ariyni «Turkiy tillarni qiyoslash
borasida yo‗lchi yulduz» – deb atagan bo‗lsa, yana bir
taniqli sharhshunos olim
«XI asrning Radlovi» deya ta‘riflagan edi. Uning safar marshrutlari davomidagi
tabiiy geografik mintaqalarning iqlim xususiyatlari va
ulardagi farqlar haqidagi
ma‘lumotlari hozirgi turizm sohasi uchun xizmat qilmoqda.
Abdulqosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075
–
1144)
1075-
yilning 19-martida Xorazmning Zamahshar qishlog‗ida tug‗ilgan. U hayoti
davomida tinmay sayohat qilgan.
Sayyoh-olim Sharq, xususan, musulmon
mamlakatlarini 1100–1122 va 1127–1139 yillarda ikki marta aylanib chiqqan.
Zamahshariy Xuroson, Eron,
Arabiston, Iroq, Yaman, Suriya, Marv, Nishopur,
Isfaxon, Bag‗dod, Xijoz, Damashq va Makka shaharlarida bo‗lib,
asarlari uchun
boy manbalar to‗plagan.
Uning tilshunoslikka oid «Asos al-balog‗a» (Suzga ustalik asoslari), «Samim
al-Arabiya» (Arab tili mag‗izi) va «Al- Kashshof» Qomusiy asari Qur‘on tafsiriga
oid asarlar o‗rtasida eng mukammali ekanligi sharhshunos va arabshunos olimlar
tomonidan tan olingan. Shu sababli, mazkur asardan dunyoning turli mamlakatlari
universitetlarida asosiy darslik sifatida hozirgacha qo‗llanilib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: