Ibn Battuta (Abu Abdullox Muhammad ibn
Abdullox al Lavati at-Tanji)
Ibn Battutah (1304-1368) 21 yoshidan sayohat
qilishni boshlagan va sharqning barcha mamlakatlarini (70 ming chakirimdan
ortiq) piyoda bosib o‗tgan, SHimoliy Afrika mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda
bo‗lgan. U o‗zining mashhur «Rixle» deb nomlangan asarida ko‗plab mamlakat va
savdo yo‗llarning geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini batafsil tasvirlab
bergan. Italiyalik savdogar
Marko Polo (1254-1324) 1271-1295 yillarda Xitoyga
safar uyushtirib, u erda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob
ma‘lumotlarni tuplab, o‗zining kitobida aks ettirgan.
YAngi erlarning ochilishi uzoq o‗tmishda dengiz orqali mashakkatli
sayohatlar uyushtirishni talab qilgan. Hozirgi kunda barchaga ma‘lumki, Amerika
Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada esa (uning nomi «yashil er»
deb nomlanib, hozirgi kunda kalin muzlik bilan koplangan) Evropadan kelib
chikkanlar istiqomat qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e‘tibor
qaratadigan bo‗lsak, birinchi ko‗chib kelganlarning eramizdan avvalgi 600-700
yillarda kelganligi ma‘lum bo‗ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy
ravishda sollarda bir necha oyda suzib o‗tishga aql bovar qilmasada, buni amalga
oshirish mumkinligini
Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda kechib o‗tgan
holda isbotlab bergan.
Ko‗plab sayohatlar yangi hududlarni egallab olish yoki bo‗lib olish maqsadida
harbiy yurishlar bilan amalga oshirilgan. Ko‗p sonli kushinlari bilan harbiy yurish
qilgan Aleksandr Makedonskiy (eramizdan avvalgi 356-233 yillar) 32 ming
chakirim yo‗lni bosib o‗tib, o‗z vaqti uchun ajoyib ko‗rsatkichga ega bo‗lgan.
O‗rta asrlarda xristianlar obidalarini ximoya qilishga yo‗naltirilgan salb yurishlari
minglab chakirim masofadan Mukaddas Er va Vizantiyaga etib kelgan yuz
minglab dindorlarni o‗z saflariga birlashtirgan.
42
Buyuk sayohatchi va kashfiyotchilar, olimlar qatoriga misol qilib