O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə17/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

3.3.Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar 
Sayohat tushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat‘iy nazar zamon va
makonda ko‗chib yurishni anglatadi hamda sayohatchilarning turmush tarzi bo‗lib
xizmat qiladi.
Ko‗p asrlik tarixdan ma‘lumki, insonga savdoni rivojlantirish, yangi yerlarni
ochish va o‗zlashtirish, resurslar va yangi transport yo‗llarini izlab topish
maqsadida jahon bo‗ylab sayohat qilish xos bo‗lgan. Sivilizatsiyamizning
rivojlanishiga ajratilgan vaqt unchalik katta bo‗lmay, besh ming yilga yaqin davr
bilan belgilanadi, biroq bizgacha faqat yaqin o‗tmishdagi sayohatlar haqidagi
hikoya va tasvirlargina saqlanib qolgan. O‗tmishdan bizga yangi qit‘a va yerlarni,
xalqlar va tabiiy hodisalarni ochgan, o‗ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan
buyuk sayohatchilarning nomlari ma‘lum.
Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko‗rib chiqishda ushbu
faoliyatning maqsadlari va moddiy ta‘minotiga to‗xtalib o‗tish joiz. Sayohat va
ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma‘lum bir maqsadlarga (savdo, fan, yangi
yerlarni ochish, mahsulot reklamasi va h.k.) xizmat qilib, manfaatdor shaxslar,
tashkilotlar, davlat va xususiy jamg‗armalar tomonidan moliyalashtiriladi.
Sayohatchi – bu birinchi navbatda kasb bo„lib, odamlarning kasbi yoki 
kun ko„rish manbai, yo bo„lmasa sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush 
tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo„lib, turizm 
maqsadlaridan tubdan farq qiladi. 
Turist

O„zbekiston Respublikasi hududi bo„ylab yoki boshqa 
mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida 
jo„nab ketgan) jismoniy shaxs
7
.
Turizm-sayohatlarning bir turi bo‗lsada, biroq o‗ziga xos jihatlariga ko‗ra,
ma‘lum bir tavsifga ega bo‗lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi.
Muhimi turistni sayohatchi deyishimiz mumkin, ammo sayohatchini esa har doim
ham turist deya olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va

7
Ўзбекистон Республикасининг «Туризм тўғрисида»ги Қонуни //«Халқ сўзи» газетаси, 1999.




36


siyosatning kuchli ta‘siriga uchrovchi soha bo‗lib hisoblanadi. Turizm

bu turistlar


tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega
ommaviy sayohatlar turi bo‗lib, turistning faoliyati va bunday sayohatlarni
uyushtirish va amalga oshirish bo‗yicha maxsus xizmat ko‗rsatuvchi
tashkilotlardan iborat. Bunday maxsus xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlar faoliyati
avallambor turistik firmalar,mehmonxonalar va shu xizmatlar bilan bog‗liq bo‗lgan
turli xil boshqa tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turizm faoliyati asosan bo‗sh vaqtda amalga oshiriladi. Turizm faoliyatini
amalga oshirish uchun uchta omil bo‗lishi shart: dam olishga ajratilgan bo‗sh
vaqt, tegishli mablag‗ va xohish-istagi. Uzoq vaqt davomida turizm faqat badavlat
kishilarga mansub bo‗lgan. Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‗sh vaqtini
va jamg‗arilgan mablag‗larini turli turistik safarlarga borishga bemalol sarflay
olishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining «Turizm to‗g‗risida»gi Qonunida turizm
tushunchasiga quyidagi tarzda ta‘rif berilgan:

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin