39
3.5.Tomas-Kuk zamonaviy turizmning asoschisi
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist pastori
Tomas
Kuk
birinchilardan bo‗lib sayohatchilarning ommaviy safar
uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab etdi hamda 1843 yilda u
dastlabki temir yo‗l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffakiyatga erishdi. 1851
yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi
ko‗rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko‗rgazmaga 165 ming kishini
olib kelishga musharraf bo‗ldi. Ko‗rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli,
Kuk Angliyalik turistlarning 1865 yilda Parijga Butunjahon ko‗rgazmasiga
ommaviy ravishda tashrif buyurishining tashkilotchisi bo‗ldi. 1856 yildan boshlab
Evropa bo‗ylab turlar odatiy xolga aylandi, Kukning turistlik agentligi va uning
filiallari tuzildi. Turistlik kompaniyaning misli kurilmagan muvaffakiyatga
erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq
mehmonxonalarning o‗rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870 yilda «Tomas Kuk»
turistlik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga etdi.
Evropa va Amerika qit‘alari o‗rtasida muntazam kema katnovi 1832 yilda
yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, 1866 yilda Kuk AQSH ga turistlarning dastlabki ikki
guruhini junatadi. Turlar uzoq muddatli bo‗lib, besh oygacha davom etgan. Tomas
Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven
bo‗lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu
sayohatni kalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo‗lib industriya asosida
jahon bo‗ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun
jahon bo‗ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot
etib, uning ishini ugillari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o‗z faoliyat
sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun
yo‗l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o‗z mohiyatiga ko‗ra asr ixtirosi - xavfsiz
pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan
ortiq turistlik agentliklarga ega bo‗lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat
ko‗rsatadi.