O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə47/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Farg„ona 
Farg‗ona butun dunyoga Shohimardon, Qiziltepa kabi kurortlari bilan
mashhur bo‗lgan. Tabiatshunoslik muzeyida shaharning butun tarixi bilan tanishish
mumkin. Qo‗qon ilgari Qo‗qon xonligining poytaxti bo‗lgan, O‗zbekistonning eng
mashhur shaharlaridan biri.
XX asr boshlarida Qo‗qon Toshkentdan so‗ng ikkinchi yirik shahar bo‗lib
hisoblangan, aholisining soni barcha hududiy markazlardan ortiq bo‗lgan.
Qo‗qonning oxirgi xoni Xudoyorxonning saroyi shaharning eng muhim arxitektura
yodgorliklaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Xon saroyi hashamatli va bezaklari bilan
o‗chmas taassurot qoldiradi. Shuningdek, shoira Nodirabegim nomi bilan bog‗liq
ikki minorali Modarixon maqbarasi ham qiziqarlidir. Qatl etilgan shoira xotirasiga
bag‗ishlab maqbara yonida oq marmar va bronzadan ishlangan haykal o‗rnatilgan.
Marg„ilon 
Marg‗ilon shahrining 2000-yilligi hukumat qarori asosida 2007-yilda keng
nishonlandi. Marg‗ilonga Buyuk Ipak Yo‗lining kashf etilishi bilan ozodlikni tan
oluvchi mag‗rur sug‗dlar tomonidan asos solingan. Unda ipak matolar ishlangan. X
asrda Marg‗ilon butun dunyoga o‗zining ipak matolari bilan mashhur bo‗lgan.
Samarqand 
Samarqand o‗zining noz-ne‘matlari, tabiati, boy ma‘naviy merosi, betakror
tarixi, olamshumul me‘moriy obidalari bilan butun dunyo jamoatchiligining
diqqat-e‘tiborini o‗ziga qaratib kelayotgan «sayqali ro‗yi zamindir». So‗g‗diyona
va Turon davlatlarining ulug‗vor an‘analari, dunyoviy sivilizatsiyaning eng
muhim bosqichlari rivojlangan bu shaharning tarixi va madaniyati bilan uzviy
bog‗liqdir.



78


Dunyoning e‘tiborli sarmoyadorlari, rivojlangan mamlakatlarning
mashhur tijoratchi va bankirlari, xalqaro tashkilot rahbarlari, iqtisodchi va
siyosatchilari,
san‘atshunoslarining
nigohi
bugun
Samarqandga
qaratilganligi bejiz emas. Bu esa Samarqandning O‗zbekistonning yirik sanoat,
fan va madaniyat markazi sifatidagi mavqei tobora oshib borayotganligidan,
mamlakatning gullab-yashnashi va ravnaqi uchun muhim hissa qo‗shayotganidan
dalolat beradi.
Jahon bankining prezidenti Jeyms D.Uolfenson Samarqandga tashrif
buyurganida «Keyingi 40 yil davomida men qariyb butun dunyoni kezib chiqdim,
biroq, Samarqanddek shaharni hech joyda ko‗rmadim», deb o‗z qalb so‗zlarini
aytgan edi. Amerikadan kelgan sayyohlarning fikricha, «dunyoda bittagina
Parij va bittagina Samarqand mavjud». Ommaviy fransuz jurnallaridan
birining e‘tirof etishicha: «Samarqand tasavvurni junbo‗shga keltiradigan shahar
bo‗lib borayapti. Ko‗zingizni yumib muloyim ohangda «Samarqand» so‗zini
talaffuz qilsangiz, xuddi ertaklardagidek tasavvuringizda go‗zal va sehrli
manzaralar oqimi paydo bo‗ladi». Bu o‗rinda uzoq tarix sahifalarida qoldirilgan
ushbu satrlarni ham eslash joizdir: «Bu shahar va uning atrofidagi zamin
shunchalik boy va farovonki, bundan hayratga tushmasdan bo‗lmaydi. Ehtimol
shuning uchundir u Samarqandeya, deb atalgan».
Samarqandliklar o‗zlarining zaminlari kabi sahiy, bobolari kabi sobitqadam,
hissiyotli, tarixlari misoli betakror va noyob, tinchliksevar va sahovatlidir.
Ularning bu noyob fazilatlarining tengi yo‗q, O‗zbekistonga tashrif buyurayotgan
barcha davlat rahbarlari, arboblari, fan va madaniyat vakillari tomonidan tan
olinib, «Turizm Makkasi» deya e‘zozlanmokda. Samarqandga kelish baxtiga
sazovor bo‗lgan, orzulari ruyobga chiqqan xorijiy sayyohlar uni «butun
dunyoga yuz ochgan shahar», «Ming bir kechadagi afsona va ertaklar shahri»
deya atamokdalar. «Musulmon dunyosining qimmatbaho durdonasi»ga
dunyonning turli burchaklaridagi dindorlarning ham qiziqishlari cheksiz. Ular
uchun Samarqand «Olloh panohidagi shahar»dir. O‗rta asr manbalarida ham
shaharni shunday, deb ataganlar.



79


Samarqandda har bir ko‗cha, suv havzasi o‗z tarixiga ega. Ziyoratgoh
sanaluvchi Shohi Zinda (Tirik Shox) majmuasi Muhammad Rasululloh
amakisining o‗g‗li-Qusam ibn Abbos nomi bilan bog‗liq. Mirzo Ulug‗bek
tomonidan qurilgan Rasadxona 1449-yilda buzib tashlangan bo‗lsada, uning
Yaxshi saqlanib qolgan yerosti qismi bilan tanishish mumkin. Shuningdek,
Samarqandda ko‗plab dam olish manzillari mavjud. Viloyatda neandertal
odamlarning turar joylari topilgan.
Mustaqillikka erishilgandan so‗ng, O‗zbekiston «ochiq eshiklar siyosati»ni
joriy qildi va jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuv jarayoniga faol
kirib bordi. Buning yorqin misoli sifatida, Samarqand Respublikaning yirik
turistik markaziga aylandi. Turizmning
rivojlanishi O‗zbekiston va
Samarqandning qulay geopolitik holati, uning Markaziy Osiyo mintaqasidan
o‗tgan «Buyuk Ipak yo‗li» ustida joylashgani, qulay geografik va iqlimiy
sharoiti, bu sohaning ravnaqiga xizmat ko‗rsata oladigan mutaxassislar va
zarur qonuniy bazalarning mavjudligidadir. Xalqlar o‗rtasida do‗stlik, bir-
birlarini anglash, tinchlik, hamkorlik va mamlakatda barqarorlikni
rivojlantirishda turizmning ahamiyati beqiyosdir. Bularning hammasi
turizmning xilma-xil shakllarini qayta tiklash va rivojlantirish, xalqaro
andozalar asosida xizmat ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish, mahalliy xususiyatlar
turizmning milliy modelini yaratish uchun qulay imkoniyatlar yaratmokda.
2014-yil 7-iyul kuni Amerikaning taniqli «The Huffington Post» nashri
«Dunyoning albatta borib ko‗rish lozim bo‗lgan 50 shahari» ro‗yhatini e‘lon qildi.
Dunyoning eng mashhur shaharlari orasida «Sharq marvaridi» –Samarqand ham
bor. Mazkur nashr reytingida qayd etilganidek «Registon maydonidagi madrasalar
va qadimgi inshoatlardagi naqshlar Buyuk Ipak yo‗lining ko‗hna shahri-
Samarqandni jahon islom me‘morligining eng go‗zal namunalaridan biriga
aylantirilgan».
Ushbu reyting «The Huffington Post» nashri tomonidan minube.net
sayohatchilar hamjamiyati bilan o‗zaro hamkorlikda tuzilgan. Bundan ko‗zlangan
maqsad «Buyuk ko‗hna poytaxtlardan tortib, to Osiyo, Amerika va ulardan



80


tashqari dunyodagi eng a‘lo joyni topish» bilan izohlanadi. Reyting mualliflarining
fikr bildirishlaricha, odamlar o‗z hayoti davomida albatta borib ko‗rish lozim
bo‗lgan qadamjolar ro‗yhatidan dunyoning 50 shahari joy olgan.
Samarqand–MDH mamlakatlari shaharlari o‗rtasida ushbu nufuzli ro‗yhatga
kirgan yagona shahardir.
13

Buxoro 
«Buxoro» so‗zi sanskrit tilida «Ibodatxona», sug‗d tilida «Tangri jamoli»
ma‘nolarni anglatadi. Buxoro «Buyuk Ipak Yo‗li»ning yirik tijorat markazi bo‗lib
hisoblangan. Buxoro O‗rta asrlarga mansub 140 dan ortiq arxitektura
yodgorliklariga ega bo‗lgan «muzey-shahardir». Poyi Kalon, Qo‗shmadrasa,
Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi kabi ko‗plab yodgorliklar bundan ming
yillar oldin qurilgan bo‗lib, hozirgi kunda ham mehmonlarni o‗ziga jalb etmoqda.
Buxoroning mashhurligini al-Buxoriy, Narshaxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Abu Ali ibn
Sino va Bahouddin Naqshband kabi siymolar yanada sharaflashgan.
Labi Hovuz (XVI–XVII asrlar), Xo‗ja Nasriddin haykali, Nodir Devonbegi
madrasasi, Devonbegi xonaqosi, vaqtida Markaziy Osiyodagi yetakchi bo‗lgan
Ko‗kaldosh madrasasi (Abdullaxon tomonidan bunyod etilgan) shaharning o‗ziga
xos diqqatga sazovor joylari hisoblanadi. Ismoil Somoniy maqbarasi shahardagi
Yaxshi saqlanib qolgan eng qadimiy bino bo‗lib, nafis arxitekturaga ega. Poyi
Kalon ansambli (XII-IV asrlar) shaharning markazidan o‗rin olgan. Shu yerdan
piyoda Ark binosiga, Chorminorga o‗tish mumkin. Shahar atrofidagi Varaxsha
xarobalaridan janglar va ov marosimlarini aks ettiruvchi ko‗plab rangli lavhalar,
qimmatli buyumlar topilgan va muzeylarga topshirilgan. Buxoro qorako‗li xalqaro
bozorda e‘tirof etilgan. Bundan tashqari Buxoro zardo‗zlik san‘atining Vatani ham
hisoblanadi.
Xiva 
Xiva shahri ko‗plab arxitektura yodgorliklari joylashgan Ichan qal‘ada
qadimiy sharq ruhini saqlab qolgan shahardir. Xivaning arxitektura yodgorliklari

13
Samarqand «dunyoning albatta borib ko‗rish lozim bo‗lgan 50 shahri» // Zarafshon. 2014- yil 10- iyul, № 83.




81


asosan madrasa, masjid va minoralar, Pahlavon Mahmud maqbarasi (1835-yil),
Muhammad Aminxon madrasasi (1850–1855-yillar), Ko‗na Ark, Tosh Hovli,
Olloqulixon karvonsaroyi (1855-yil) kabilardan iborat. Rangli bezaklar berilgan
Kalta Minor (1835-yil) va 218 ta naqshli ustunga ega bo‗lgan Juma masjidlarni
alohida ta‘kidlab o‗tish mumkin. 2,5 kilometr uzunlikdagi devorga ega bo‗lgan
Ichan-qal‘a Otadarvoza, Shimoliy, Sharqiy, Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalariga
ega. Unda 40 dan ko‗proq quduqlar mavjud.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin