O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


O„zbekiston turizmini rivojlatirishda tarixiy shaharlarning o„rni



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə46/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

6.1.O„zbekiston turizmini rivojlatirishda tarixiy shaharlarning o„rni 
O‗zbekistonda jahon madaniyati xazinasiga kiruvchi ko‗plab arxitektura
yodgorliklari mavjud. Xiva, Buxoro va Shahrisabz shaharlarining tarixiy
markazlari, qadimiy Samarqandning tarixiy yodgorliklari YUNESKO ning «Jahon
merosi» deb nomlangan ro‗yxatiga, Boysun tumani aholisining folklor ansambli
«Jahon nomoddiy merosi xazinasi» ro‗yxatiga kiritilgan.
O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish va uni yangi bosqichlarga ko‗tarish
borasida, avvalo ko‗hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‗lgan
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‗ilon kabi shaharlar muhim
ahamiyatga ega. Bu shaharlarda butun dunyo aholisini hayratga soluvchi va lol
qoldiruvchi qadimiy tarixiy
yodgorliklar mavjud. Yer yuzining turli
mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni o‗z ko‗zlari bilan
ko‗rish orzusida yashaydilar. Ko‗p mamlakatlarda O‗zbekiston o‗zining ana shu
shaharlari bilan mashhurdir.
6.2.Sharqning qadimiy obidalari 
Toshkent-Markaziy Osiyoning eng yirik shaharlaridan biri – O‗zbekiston
Respublikasining poytaxtidir. Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi
muassasalardan biri – Ta‘lim, Fan va madaniyat masalalari bo‗yicha Xalqaro islom
tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e‘lon



76


qildi. O‗zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va
yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun
Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‗ldi.
Toshkent 
Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro‗yxatiga kiritilgan Usmon
Qur‘oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda.Toshkent haqidagi eng
dastlabki ma‘lumotlar eramizdan oddingi II- asrdagi qadimgi Xitoy solnomalarida
uchraydi. Xitoyda u Yuni, deb nomlangan bo‗lsa, Eron shohi Shopur I ning
eramizdan oldingi yozuvlarida Toshkent atroflari Choch, deb atalgan. Choch turli
mamlakatlarning oltin, qimmatbaho toshlar, ziravorlar va ajoyib otlar eksport
qilinadigan yo‗llar chorrahasida joylashgan. Hozirgi kunda Toshkent o‗zida
O‗zbekistonning tarixiy o‗tmishini eslatib turuvchi taraqqiy topgan zamonaviy
sanoat shahri hisoblanadi.
Toshkentda ko‗plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san‘at muzeyi
haykallar, rasmlar va hunarmandchilik mahsulotlarining Markaziy Osiyodagi eng
yirik to‗plamiga ega. O‗zbekiston Amaliy san‘at muzeyi 30 mingdan ortiq
hunarmandchilik va xalq milliy merosi namunalarini to‗plagan. Temuriylar tarixi
davlat muzeyi butun Temuriylar davri tarixi namunalarini o‗zida jamlagan
muzeydir.
Tarixiy Eski Juva – shaharning eng qadimiy bozorlaridan biri, unda hozir ham
oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib sanoat mahsulotlarigacha barchasini topish
mumkin. Eski shaharning markazida XVI-asrning ajoyib yodgorligi-Baroqxon
madrasasi joylashgan. MDH mamlakatlarining ruhoniylari ta‘lim oladigan Islom
Universiteti ham shu yerda joylashgan. Bulardan tashqari, 1966-yil zilzilasidan
Yunusxon maqbarasi, Ko‗kaldosh madrasasi kabi ajoyib yodgorliklar omon
qolgan. Toshkent metrosi jahonning zamonaviy arxitektura durdonalaridan biri
bo‗lib hisoblanadi.
Termiz 
Surxondaryo viloyatining markazi bo‗lgan Termiz shahri eramizdan oldingi
II–I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‗lovchi karvon



77


yo‗llarining chorrahasida paydo bo‗lgan, keyinroq u Xitoyga eltuvchi «Buyuk Ipak
Yo‗li» da ham muhim ahamiyat kasb etdi. Kushonlar davrida 500 gektar maydonni
egallagan. Shuningdek, Termiz yonida eramizdan oldingi III–II asrlarda Yunon-
Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga
tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi harobalarida qiziqarli
lavhalar va haykallar topilgan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin