Respublika abu ali ibn sino nomli jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 459,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix02.01.2022
ölçüsü459,38 Kb.
#41119
  1   2   3   4   5   6   7   8
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi


 

 

 



 

1-RESPUBLIKA  ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT 

SALOMATLIGI TEXNIKUMI 

105-GURUH O’QUVCHIl 

 

 

 

 

MUSTAQIL ISH 

 

Mavzu: __________________________________________ 

 

 



 

 

Bajardi: _______________________ 



Tekshirdi:______________________

 

  



 

 

 


 

 

 



1-RESPUBLIKA  ABU ALI IBN SINO NOMLI JAMOAT 

SALOMATLIGI TEXNIKUMI 

105-GURUH O’QUVCHIl 

 

 

 

 

MUSTAQIL ISH 

 

Mavzu: __________________________________________ 

 

 



 

 

 



 

 

 



Bajardi: _______________________ 

Tekshirdi:______________________

 

 




 

 

ANATOMIYA, FIZIOLOGIYA VA PATOLOGIYANING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI 



 

Anatomiya  fani  boshqa  fanlar  qatori  juda  uzoq  rivojlanish  

yo‘lini bosib o‘tdi. Odam tanasining tuzilishi haqidagi birinchi aniq  

ma’lumotlar ulug‘ grek olimi, tibbiyot ilmining otasi Buqrot (Gippokrat) (eramizdan oldingi 460–377-yillar) asarlarida 

uchraydi. U  

organizmning asosini to‘rt xil suyuqlik: qon, shilliq, o‘t va qora o‘t hosil qiladi degan ta’limotni yarat gan. Bu suyuqliklar 

miqdorining o‘zgarishi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi deydi. Uning yozib qoldirgan  72  ta  asaridan  2000  yil  

mobaynida  tibbiyotda  foydalanilgan. Shu bilan birga, u nervlarni paylardan ajrata olmagan, arteriyalarda havo oqadi 

degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.Arastu (Aristotel) (eramizdan oldingi 384–322-yillarda yashagan). U Gippokratning qon 

tomirlar bosh miyadan boshlanib tanaga  tarqaladi,  degan  noto‘g‘ri  fikrini  rad  etib,  qon  tomirlar yurak dan 

boshlanishini isbotlagan, shuningdek, paylarni nervlardan, suyakni tog‘aydan ajratgan va aortani birinchi marta 

aniqlagan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo‘shliq dan iborat bo‘lib, bosh miyada hosil bo‘ladigan ruh shu nervlar 

orqali organizmga  

tarqaladi, degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan. 

Gerofil (eramizdan 304 yil oldin tug‘ilgan). Ptolomey II ning saroy  tabibi  bo‘lgan.  Bemorlarni  nima  sababdan  

o‘lganligini  bilish uchun murdalarni kesib o‘rgangan. Shu usulda Gerofil bosh miya va uning pardalarini, vena 

bo‘shliqlarini, bosh miya nervlarini  va  ularni  bosh  miyadan  chiqishini  o‘rgangan.  O‘n  ikki  barmoq ichakka birinchi 



 

 

bo‘lib nom bergan, shuningdek, arteriyalar-ni venalardan ajrat gan. Ko‘z olmasi pardalarini va shishasimon tanani, 



ingichka ichak limfa tomirlarini o‘rgangan. O‘zidan oldingi va o‘zi to‘plagan ma’lumotlar asosida «Anatomiya haqida» 

kitobni yozgan.Erazistrat (eramizdan 300–250-yillar oldin yashagan). Tomirlar  tizimi:  yurak  qopqoqlari,  aorta,  kavak  

venalar,  yirik  arteriya va  venalarni  o‘rganib,  qon  tomir  anastomozlari  haqidagi  ilmga asos solgan. Erazistrat 

harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlarni ajratgan, shuningdek, mushaklar qisqarishini o‘rganib, harakat nazariyasini yarat 

gan.Klavdiy  Galen  (130–201)  anatomiya,  fiziologiya  va  boshqa  

ko‘p gina fanlarni mukammal o‘rgangan olim. U o‘n ikki juft bosh  

miya nerv laridan 7 tasining tuzilishini, mushaklardagi biriktiruvchi to‘qima va nerv larni, ba’zi bir a’zolar qon 

tomirlarini, suyak va boylam larni, bosh va orqa miyani o‘rgangan. Galen hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o‘rganib, 

arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini birinchi bo‘lib ko‘rsat gan. Galen davrida murdani  yorish  mumkin  

bo‘lmagani  uchun,  u  anatomiyani  hayvonlarda o‘rgangan. Shuning uchun uning ba’zi ma’lumotlari xatolardan holi 

emas.O‘rta asrlar (V–XI)da O‘rta Osiyodan ham bir qancha mashhur olim lar yetishib chiqdi. Ana shundaylardan biri har 

taraflama yetuk olim Abu Ali ibn Sinodir (980–1037). Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olim falsafa, 

matematika, as- 

tronomiya, kimyo, adabiyot, musiqashunoslik va tibbiyot bilimidan xabardor bo‘lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi 

Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidanoq ko‘p fanlarni mukammal egallagan. 

Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo‘lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi  buyuk  xizmatlari,  

kashfiyotlari  uni  butun  dunyoga  mashhur qilgan. Ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan,  



 

 

lekin uning 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oiddir. Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh 



asari «Tib qonunlari» 1012–1023-yillarda yozilgan. U o‘zining buyuk va o‘lmas asarida tibbiyot sohasidagi barcha 

ma’lumotlarni to‘plab qolmasdan, o‘z kuzatishlari, tekshirishlari va tu shunchalari bilan asarni boyitgan. Kitob besh 

jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildi anato miya va fiziologiyaga bag‘ishlangan. Kitob turli tillarda 40  

marta qayta nashr etildi va dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 8yildan ziyod roq vaqt ichida tibbiyot bilim yurtlarida 

asosiy o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib keldi. 

Ibn Sino birinchi bo‘lib odam organizmini o‘rganishda uning  

konstitutsiyasi ga  alohida  e’tibor  berdi.  «Tib  qonunlari»da  ichki kasalliklar, xururgiya, farmakologiya, gigiyena va 

tibbiyotning barcha sohalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Bu shoh asarni rus tiliga birinchi bo‘lib anatomiya 

tarixchisi akademik V.N. Ternovskiy taj rima qilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta o‘zbek tilida 1954–56-yillarda 

Toshkentda chop etilgan. 

Leonardo da Vinchi  (1452–1519) Uyg‘onish davrining buyuk  

ar bobi,  italiyalik  olim,  musavvir,  matematik,  muhandis  va  faylasuf. Odam portretini to‘g‘ri va aniq chizish 

maqsadida 30 dan ortiq murdani yorib o‘rgandi va a’zolar rasmini chizib chiqdi. O‘zining  rasm larida  u  odamning  turli  

a’zolarini  (dumg‘aza,  umurtqa  

pog‘onasi egriliklari, ko‘p mu shaklar, ichki a’zolar, yurak qopqoqlari,  bosh  va  orqa  miya,  miya  qorinchalari,  ko‘z  

va  boshqalarni) tuzilishini aniq ko‘rsatib bergan. U dunyoda birinchi bo‘lib, mushaklarning ishlash dinamikasini 

o‘rgandi. Shu bilan plastik anatomiyaga asos soldi. 



 

 

Andrey Vezaliy (1514–1564) ilmiy anatomiyaning asoschisi hisoblanadi. U murdalarni yorib, kuzatishlari asosida 



«Odam tanasining tuzilishi haqida yetti kitob»ini yozadi. A.Vezaliy Galenning xatolarini ko‘rsatib bergan. Uning 

shogirdlari XVI–XVII asrlar davomida odam a’zolarining tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdilar.Ingliz vrachi, anatomi va 

fiziologi Uilyam Garvey (1578–1657) hayvonlarda tajriba o‘tkazib qon aylanishini o‘rgangan. Garvey o‘z  

izlanishlari natijalarini to‘plab 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda yurak va qon harakatlari haqida anatomik 

izlanishlar» nomli ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doirasini tarixda ilk bor isbotlab bergan. Garvey qon 

arteriyadan venalarga ko‘zga ko‘rinmas mayda tomirlar orqali o‘tadi, deb taxmin qilgan bo‘lsa, Marchelo  Malpigi  

(1628–1694)  1661-yilda  arteriya  bilan  venalarni bir-biriga  qo‘shib  turadigan  kapillyarlar  borligini  mikroskop  

ostida  ko‘rib  isbotladi.  Ammo  M.Malpigi  qon  arteriya  kapillyarlaridan dastlab oraliq bo‘shliqqa, undan keyin vena 

kapillyarlariga o‘tadi, deb o‘ylaydi. Uning bu fikrini A.M.Shumlyanskiy  

(1748-1795)  buyrakni  o‘rganish  jarayonida  inkor  etib,  arteriya  va  vena kapillyarlari bevosita bog‘langanligi va qon 

tomirlar tizimi yopiqligini ko‘rsatgan. 9Rossiya  anatomiya  maktabining  asoschisi  P.A.Zagorskiy (1764–1846)  Sankt-

Peterburg  tibbiy-xirurgiya  akademiyasi  anatomiya kafedrasiga rah barlik qilgan. Uning 1802-yilda rus tilida  

yozgan birinchi anato miya darsligi «Vrachlik ilmini o‘qiyotganlarga odam gav dasining tuzilishini o‘rganish uchun 

qo‘llanma yoki qisqacha ana  tomiya» besh marta nashr etilgan. 

Teodor Shvann (1810–1882) organizm tuzilishining hujayra nazariyasini yaratdi.  

D.J. Zernov (1843–1917) Moskva universiteti professori, anatom.  Miya ning  pushtalari  va  egatlarini  o‘rganib,  qulay  

klassifikatsiya yaratdi. U dunyodagi turli millat vakillarining bosh miyasi tuzilishida farq yo‘qligini isbot etdi, shu 



 

 

xususda hukm surib kelgan  idealistik  ta’limotni  rad  etdi.  Uning  «Odam  tasviriy  anatomiyasidan qo‘llanma» asari 14 



marta nashr etilgan.V.P. Vorobyov  (1876–1937)  Xarkov  tibbiyot  instituti  professori. Periferik nerv tizimini makro-

mikroskopik o‘rganishga asos sol  gan. 5 jildlik «Anatomiya atlasi«ni tuzgan. 

V.N. Tonkov (1872–1954) «Odam anatomiyasi» darsligi muallifi. 

G.F. Ivanov (1893–1955) anatomiyadan 2 jildli qo‘lanma mu al lifi. 

Zohidov Hakim Zohidovich (1912–1978) anatom olim va mohir pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 

tibbiyot fan lari  doktori,  professor.  O‘rta  Osiyo  Meditsina  Pediatriya  instituti odam anato miyasi kafedrasining 

birinchi mudiri (1972–1978 yillar). O‘zbek tilida yozilgan «Odam anatomiyasi» (1964) darsligi  va  «Ruscha-o‘zbekcha-

lotincha  anatomiya  lug‘at»i  mualliflaridan biri.Xudoyberdiyev Rahim Egamberdiyevich (1922–2003) – anatom,  

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  tibbiyot  fan- 

lari  doktori,  professor.  Toshkent  Davlat  birinchi  tibbiyot  instituti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1960–1992). 

«Odam anatomiyasi» (1964) dars ligi muallif laridan biri. Darslik 3 marotaba qayta nashr etilgan. 

Ahmedov Nosir Komilovich (1922–2004) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Respublika 

mukofotining  nishondori.  Toshkent  Davlat  ikkinchi  tibbiyot  instituti  

odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1990–1998). 2 jildlik «Odam anatomiyasi» atlasi va ko‘pgina darsliklar 

muallifi.XIX  asrda  fiziologiya  alohida  fan  bo‘ldi.  Fiziologiyani  rivojlanishida  rus  fiziologlari  I.M. Sechenov  

(1829–1905),  I.P. Pavlov 10 

(1849–1931),  V.M. Bexterev  (1857–1927)  va  boshqalarning  hissasi  



 

 

kat ta. I.M. Seche novning 1862-yilda chop etilgan MNTda tormozla nish  jarayonini  ochgan  «Bosh  miya  reflekslari»  



asari  katta  ahamiyatga ega. I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati, qon aylanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi haqidagi 

ta’limotlari fiziologiya sohasida katta  

yutuq hisob lanadi. Possiyada patologik anatomiya asoschisi bo‘lib A.I. Polunin (1820–1888) hisoblansa, kliniko-

anatomik yo‘ nalish asoschilari  A.B. Ab ri kosov  (1875–1955)  va  I.V. Davidovskiy lar (1887–1968) hisoblanadi. Bular 

bilan bir qatorda fiziologiya va patologiya fanlarini rivojla nishiga bir qator o‘zbek olimlari: A.I. Magrupov, K.A. 

Zuparov,  

N.X. Ab dullayev,  M.S. Abdullaxodjayeva,  U.Z. Qodirov,  V.A. Alimov va boshqalar ma’lum hissa qo‘shganlar.Sathlar 

haqida tushuncha va anatomik nomlanish 

Anatomiyada a’zolar va ularning qismlarining bo‘shliqdagi holatini aniq lashda o‘zaro perpendikulyar joylashgan 

sagittal, frontal va gorizontal sathlardan foydalaniladi. 

Sagittal sath (grekcha «sagitta» – «o‘q-yoy») deb gavdani oldindan orqaga qarab teshib o‘tayotgan o‘q-yoy yo‘nalishida 

kesganda hosil bo‘lgan yuzaga aytiladi. U gavdani o‘ng va chap bo‘lakka ajratadi.Frontal sath (grekcha «frons» – 

peshona)  

esa gavdani peshonaga parallel qilib kesganda hosil bo‘ladigan yuza. U gavdani oldingi va orqa qismlarga 

ajratadi.Gorizontal sath gavdani sagittal va frontal sathlarga to‘g‘ri burchak ostida kesganda hosil bo‘lgan yuza. U 

gavdani yuqori va pastki qismlarga aj ratadi. Bu uchta sathni odam gavdasini xohlagan nuqtasidan o‘tkazish mumkin va 

ularning soni ixtiyoriy bo‘ladi. Sathlarga mos ravish da vertikal (yuqoridan 1-rasm. Sathlar va o‘qlar. 



 

 

1–vertikal (bo‘ylama) o‘q; 2–frontal sath;3–gorizontal sath; 4–ko‘ndalang o‘q; 5–sagittal o‘q; 6–sagittal sath.pastga), 



frontal – ko‘ndalang (o‘ngdan chapga), sagittal (oldindan orqaga)  o‘qlar  ajratiladi.  Bu  o‘qlardan  bo‘g‘imlar  harakatini  

aniqlashda foydalaniladi. 

Gavda  qismlari  va  a’zolarning  joylashi shini  aniqlashda  butun dunyoda qo‘llaniladigan lotin anatomik terminlari 

qabul qilingan. Hozirgi vaqt da qo‘llanilayotgan o‘zbek tilidagi Xalqaro anatomik terminologiya  2004-yil  7–8-oktabrda  

Samarqand  shahrida  bo‘lib  

o‘tgan O‘zbekiston Morfologlarining III syezdida tasdiqlangan.Tananing va a’zolarning joylashishini o‘rganishda 

anatomik terminologiya tarkibiga kiruv chi quyidagi nomlardan foydalaniladi: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 


Yüklə 459,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin