76
qildi. O‗zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va
yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun
Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‗ldi.
Toshkent
Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro‗yxatiga
kiritilgan Usmon
Qur‘oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda.Toshkent haqidagi eng
dastlabki ma‘lumotlar eramizdan oddingi II- asrdagi qadimgi Xitoy solnomalarida
uchraydi. Xitoyda u Yuni, deb nomlangan bo‗lsa, Eron shohi Shopur I ning
eramizdan oldingi yozuvlarida Toshkent atroflari Choch, deb atalgan. Choch turli
mamlakatlarning oltin, qimmatbaho toshlar, ziravorlar
va ajoyib otlar eksport
qilinadigan yo‗llar chorrahasida joylashgan. Hozirgi kunda Toshkent o‗zida
O‗zbekistonning tarixiy o‗tmishini eslatib turuvchi taraqqiy topgan zamonaviy
sanoat shahri hisoblanadi.
Toshkentda ko‗plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san‘at muzeyi
haykallar, rasmlar va hunarmandchilik mahsulotlarining Markaziy Osiyodagi eng
yirik to‗plamiga ega. O‗zbekiston Amaliy san‘at muzeyi 30 mingdan ortiq
hunarmandchilik va xalq milliy merosi namunalarini to‗plagan.
Temuriylar tarixi
davlat muzeyi butun Temuriylar davri tarixi namunalarini o‗zida jamlagan
muzeydir.
Tarixiy Eski Juva – shaharning eng qadimiy bozorlaridan biri, unda hozir ham
oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib sanoat mahsulotlarigacha barchasini topish
mumkin. Eski shaharning markazida XVI-asrning ajoyib yodgorligi-Baroqxon
madrasasi joylashgan. MDH mamlakatlarining ruhoniylari ta‘lim oladigan Islom
Universiteti ham shu yerda joylashgan.
Bulardan tashqari, 1966-yil zilzilasidan
Yunusxon maqbarasi, Ko‗kaldosh madrasasi kabi ajoyib yodgorliklar omon
qolgan. Toshkent metrosi jahonning zamonaviy arxitektura durdonalaridan biri
bo‗lib hisoblanadi.
Termiz
Surxondaryo viloyatining markazi bo‗lgan Termiz
shahri eramizdan oldingi
II–I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‗lovchi karvon
77
yo‗llarining chorrahasida paydo bo‗lgan, keyinroq u Xitoyga eltuvchi «Buyuk Ipak
Yo‗li» da ham muhim ahamiyat kasb etdi. Kushonlar davrida 500 gektar maydonni
egallagan. Shuningdek, Termiz yonida eramizdan oldingi III–II asrlarda Yunon-
Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga
tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi
harobalarida qiziqarli
lavhalar va haykallar topilgan.
Dostları ilə paylaş: