82
Jahon merosi
Tarixiy obidalarning YUNESKO «Jahon merosi» ro‗yxatiga kiritilishining
asosiy maqsadi - o‗z hududida mashhur bo‗lgan ob‘ektlarni dunyoga tanitish va
himoya qilishdir. Ma‘lumki, O‗zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy
mamlakat. Mana shu bebaho merosimizning 140 ta ob‘ektlari YUNESKO
tomonidan muhofazaga olingan va tarixiy ob‘ektlar ro‗yxatiga kiritilgan
14
.
YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‗yxatiga Xivadagi Ichan Qal‘a 1990-yil,
Buxoroning tarixiy markazi 1993-yil, Shahrisabzning tarixiy markazi 2000-yil
kiritilgan. 2001-yil 12–16-dekabr kunlari Finlandiyaning Xelsinki shahrida
YUNESKOning Jahon merosi Qo‗mitasining navbatdagi yig‗ilishi bo‗lib, unda
Samarqand shahri ham YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‗yxatiga kiritildi.
―Webster‖ning lug‘atida tarix ―muhim voqealarni
ketma-ket yozib olib
qo‘yish‖ sifatida ta‘riflanadi. U shuningdek, voqealarning sabablari va faktlar
izohini ham o‘z ichiga oladi. Oddiy so‘zlar bilan aytganda, o‘tmish voqealari tarix
sifatida qabul qilinadi. Madaniy meros ajdodlarimizdan meros qilib qoldiriladi.
Madaniy meros jamiyatning yoki tarix sifatida o‘tmishda voqealar sodir bo‘lgan
joylarda sivilizatsiyaning o‘ziga xos taraflarini ko‘rsatib beradi.
Madaniy meros avlodlardan o‘tib kelgan ham moddiy, ham nomoddiy
elementlarning Ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, Atrof –muhitga
oid va hatto
psixologik jihatini aks ettiradi. Tarix, Madaniyat va Madaniy meros ketma-ket
foydalaniladigan meroslardir.
Edward Burnet Tylor fikriga ko‘ra, madaniyat bilim, din,san‘at, axloq-odob
qoidalari, qonun va jamiyatning a‘zosi sifatida kishilar ega bo‘lgan boshqa bir
qancha odat va qobiliyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan kompleksdir.
Madaniy merosga YUNESKO tomonidan berilgan ta‘rifga ko‘ra, madaniy
merosni yo badiiy yo ramziy butun insoniyatga o‘tmishdan o‘tib kelgan muhim
belgilarning butun bir jamlanmasi sifatida tushunish mumkin.
1) Tarixiy joylar: masalan: Chicagoda o‘tkazilgan
Butunjahon Diniy
Kongressi tadbirlari konferensiya,uchrashuvlar, kongress, deklaratsiyala, tarixiy
14
http//www.Turkistonpress.uz
83
ahamiyatga ega bo‘lganzavodlar, laboratoriyalar, kashfiyotlar, janglar,
mashxur
kishilar va ularning narsalari bilan bog‘liq.
2) Arxeologik joylar: bunday joylar sifatida muhim arxeologik joylar yoki
yodgorlik va binolar (yozma tarix vujudga kelishidan oldin bo‘lgan tarixiy
ahamiyatga ega joylar) nazarda tutiladi. Bunday joylar himoyalanishi mumkin,
lekin tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan jihozlar, materiallar, qazish jarayonida
ochib o‘rganiladi.
3) Madaniy meroslar: madaniy meroslar o‘z ichiga
tarixiy va arxeologik
jihatdan muhim bo‘lgan barcha joylarni qamrab oladi. YUNESKO yodgorlik,
tarixiy joylar, shahar va tabiiy joylarni qat‘iy mezonlarga asoslangan ro‘yxatiga
kiritadi.
Butunjahon Turizm tashkiloti madaniy meros turizmini tabiatshunoslikda,
insoniyat merosida, san‘at, falsafa va boshqa hudud yoki mamlakat rasm-
rusumlarida jamlangani deya e‘tirof etadi. Bu esa biror joyga tashrif buyurish
asosan, o‘sha joyni tarixini hurmat qilish va madaniy meroslarini tushunish
ekanligini anglatadi. 2003-yilda Timothy va Bondlar madaniy merosni 3 guruhga
ajratib tasniflashgan:
15
1.
Moddiy yoki o‘zgarmas resurslar (binolar,
daryolar, tabiat hodisalari)
masalan,Registon ansambili, Ichan qal‘a majmui, Toj Mahal, Great Barrier Reef (
Katta Rif to‘sig‘i)
2.
Moddiy ko‘chma resurslar (muzeylardagi narsalar, arxivdagi hujjatlar va
boshqalar). Masalan, homiy Ashok xizmati va boshqalar
3.
Nomoddiy resurslar: qadriyatlar, urf-odatlar, marosimlar, yashash tarzi va
festivallar, san‘at va madaniy tadbirlar. Masalan, festivallar, ko‘rgazmalar, Boysun
folklor ansambli va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: