89
Ichan-qal‘a Otadarvoza, Shimoliy, Sharqiy, Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalariga
ega. Unda 40 dan ko‗proq quduqlar mavjud.
«Buxoro» so‗zi sanskrit tilida «Ibodatxona», sug‗d tilida «Tangri jamoli»
ma‘nolarni anglatadi. Buxoro «Buyuk Ipak Yo‗li»ning yirik tijorat markazi bo‗lib
hisoblangan. Buxoro O‗rta asrlarga mansub 140 dan ortiq arxitektura
yodgorliklariga ega bo‗lgan «muzey-shahardir». Poyi Kalon, Qo‗shmadrasa,
Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi kabi ko‗plab yodgorliklar bundan ming
yillar oldin qurilgan bo‗lib, hozirgi kunda ham mehmonlarni o‗ziga jalb etmoqda.
Buxoroning mashhurligini al-Buxoriy, Narshaxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Abu Ali ibn
Sino va Bahouddin Naqshband kabi siymolar yanada sharaflashgan.
Labi Hovuz (XVI–XVII asrlar), Xo‗ja Nasriddin haykali, Nodir Devonbegi
madrasasi, Devonbegi xonaqosi, vaqtida Markaziy Osiyodagi yetakchi bo‗lgan
Ko‗kaldosh madrasasi (Abdullaxon tomonidan bunyod etilgan) shaharning o‗ziga
xos diqqatga sazovor joylari hisoblanadi. Ismoil Somoniy maqbarasi shahardagi
Yaxshi saqlanib qolgan eng qadimiy bino bo‗lib, nafis arxitekturaga ega. Poyi
Kalon ansambli (XII-IV asrlar) shaharning markazidan o‗rin olgan. Shu yerdan
piyoda Ark binosiga, Chorminorga o‗tish mumkin. Shahar atrofidagi Varaxsha
xarobalaridan janglar va ov marosimlarini aks ettiruvchi ko‗plab rangli lavhalar,
qimmatli buyumlar topilgan va muzeylarga topshirilgan. Buxoro qorako‗li xalqaro
bozorda e‘tirof etilgan. Bundan tashqari Buxoro zardo‗zlik san‘atining Vatani ham
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: