84
Toshkent shahrining 2200-yilligini keng nishonlash tadbirlarini o‗tkazish
yuzasidan qaror qabul qilingan edi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 2008-
yilning 2- aprelida «Toshkent shahrining 2200- yilligini nishonlashga tayyorgarlik
ko‗rish va uni o‗tkazish» to‗g‗risida qaror qabul qildi. Unga ko‗ra O‗zbekiston
poytaxti, ilm-fan va madaniyat markazi, tinchlik va do‗stlik
ramziga aylangan
Toshkent shahrining 2200- yilligini keng nishonlash va munosib o‗tkazishga
alohida e‘tibor qaratildi. Yubiley munosabati bilan ko‗plab tarixiy yodgorliklar
qayta ta‘mirlandi, yangi binolar qurildi va shaharning
ijtimoiy infratuzilmasi
yanada obod bo‗ldi.
XV asr oxirlari XVI asr boshlarida Marg‗ilon vodiyning eng muhim
shaharlaridan biriga aylangan. Marg‗ilonning
monumental yodgorliklaridan
bezatilgan masjid minora-maqbara va kaptarxonadan iborat bo‗lgan Kaptarlik
kompozitsiyasi (XVIII asr) hamda Shouda masjidini keltirish mumkin.
Samarqand 2750 yillik tarixga ega. Temuriylar
sulolasi davrida qurilgan
arxitektura yodgorliklari ahamiyati jihatidan qadimgi Misr, Xitoy,
Hindiston,
Yunoniston va Rimdagi arxitektura durdonalari qatorida turadi.
Qadimiy Samarqandning markazi bo‗lgan Registon XV–XVIII asrlardagi
Markaziy Osiyo bunyodkorligining yuksak namunalaridan biridir.
Maydon uch
tomondan Ulug‗bek, Sherdor va Tillakori madrasalari bilan o‗ralgan. Samarqand
shahrining janubida joylashgan Amir Temur maqbarasida (XIV–XV asrlar) Amir
Temur, Mirzo Ulug‗bek kabi Temuriylar sulolasi vakillari dafn etilgan. Temuriylar
davrida Samarqand yanada gullab yashnagan edi.
Islom dunyosida Buxoroning ismiga «Sharif» ya‘ni «Muqaddas»
qo‗shimchasi qo‗shib ishlatilgan. X asrda Buxoro
eng yirik ilmiy va madaniy
markaz bo‗lgan. Mag‗oqi Attori, Namozgoh masjidi,
Chashmai Ayub kabilar
ushbu davrdan yodgor bo‗lib qolgan. Sitorai Mohi Xosa oxirgi Buxoro Amirining
yozgi saroyi, u hashamatli arxitekturaning eng yorqin namunalaridan biridir.