O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə57/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Majmuali xizmat ko„rsatish 
Turto„plam
(turpaket) – iste‘molchilarga guruhli yoki individual variantlar
bo‗yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‗plamiga kiradi. Turpaketni
tashkillashtirishga ta‘sir etuvchi omillar:

berilgan sayohatga talabning mavjudligi;


xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi;


aviakompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati;


jo‗natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‗rtasidagi munosabatlar;


hamkor turistik tashkilotlar bilan munosabat;


belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;


belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi.


Shuni ta‘kidlash lozimki, siyosiy barqarorlik omili turoperator tomonidan
o‗zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Turizmda Suriya,
Levandagi voqealar, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‗liq hodisalar
talabning keskin pasayish hollariga olib keladi. Ushbu yo‗nalishlarga



101


ixtisoslashgan turoperatorlar katta yo‗qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni
ham ta‘kidlash lozimki, ushbu hududlarda vaziyat barqaror bo‗lishi bilan turistlar
oqimi yana kuchaya boshlaydi. Berlindagi xalqaro turizm birjasida qayd
etilganidek, turist xavf-xatarni yengib o‗tishga moyil. Siyosiy barqarorlik qayta
Yaxshilangan mamlakatlarda, shu bilan birga turpaketning narxlari arzonlashganda
turistik oqim yana kuchaya boshlaydi.
Turpaket narxi.
Turpaketning muvafaqqiyatiga ta‘sir etuvchi eng muhim
omil bu – narxdir. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga
asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‗lik
mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor yetakchilari
narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu
bilan raqiblarining narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‗l qo‗ymaydi. Eng
ko‗p qo‗llaniladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan
narxlardir, ya‘ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma‘lum foizi
qo‗shiladi. Turpaket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‗shimcha harajatlarni
qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi
va 15 % dan 30% gacha bo‗ladi.
Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda
bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. «o‗lik mavsum»da narxlar pasayadi
va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Turpaketlar narxi nafaqat
turistik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga, balki boshqa turlar narxiga
ham bog‗liq bo‗ladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin