Guruh: SMMT-88:
Bajardi: Hamroyev Samarbek:
Qabul qildi:
TOSHKENT-2022
Mutaxassislar taqdim etgan tahlillar O‘zbekistonda moliya bozorining likvidligi talab darajasida emasligini ko‘rsatadi. Ikkilamchi bozorning mavjud holati va aholi boshqa qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda.
Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili boʻyicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni kondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon Moliya bozori paydo boʻldi.
Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog'ozlarining doimiy muomalada bo'lishi nafaqat davlat budjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yo'li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo'lib hisoblanadi.
O'z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yildan davlat qimmatli qog'ozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Moliya bozorida turli xil sub'ektlar (ishtirokchilar) faoliyat yuritadi, ularning funktsiyalari ularning faoliyatining maqsadlari va bozorda moliyaviy aktivlar bilan operatsiyalarda ishtirok etishning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Moliya bozorining sub'ektlari - davlat, uning alohida institutlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va moliya bozorida iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi fuqarolar.