112
markazlari tashkil etiladi. Markaz mijoz ishlashi va kasbiy ta‘lim olishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratadi. Biznes markazida hujjatlarni tarjima qilish, qayta
chop etish ishlari bajariladi, kompyuter xizmatlari ko‗rsatiladi. Markaz teleks va
faksimil aloqa vositalari, videomagnitofon va proyeksion apparatlar bilan
jihozlanadi.
Mehmonxona nomeri ko‗p funksiyali ahamiyatga ega bo‗lib, u mijozning
tunashi, dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi, ishlashi, muloqot qilishini ta‘minlaydi.
Nomerda mehmonning shaxsiy buyumlari saqlanadi. Nomerlar o‗rinlar soni,
xonalar soni, maydoni, jihozlanishiga qarab tasniflanadi. Jahon amaliyotida bir
yoki ikki kishiga mo‗ljallangan bir xonali nomerlar ayniqsa keng tarqalgan. Ayrim
mehmonxonalarda har bir yashovchiga nisbatan bir xonali nomerlar ulushi nomer
fondining 60-100% ga yetadi. Nomerlarda mebel nomerning gabariti,
devorlarining oralig‗i, isitish xususiyatlari, texnologik ko‗rsatkichlariga qarab
joylashtiriladi. Mebel foydalanuvchi uchun qulay bo‗lishi, sanitariya va
ergonomika talablariga javob berishi, mijozlar didiga mos kelishi kerak.
Appartamentlar soni nomerlar umumiy miqdorining 10% dan oshmaydi. Ular
xonalarining soni va vazifasiga, hojatxonasi va vannasiga, dahlizi va maydoniga
ko‗ra har xil bo‗ladi.
Xodimlar uchun xonalarni joylashtirishda ish vaqtida xodimlarning harakat
yo‗nalishlarini qisqartirish zarurligidan kelib chiqish kerak. Xizmat ko‗rsatuvchi
xodimlarning xonalari ish joyidan uzoq bo‗lsa, bu qo‗shimcha quvvat sarfiga,
xodimlar ko‗proq charchashiga olib keladi. Shu sababli, qavatdagi nomerlarga
bevosita yaqin joyda xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning bir qancha xonalari,
chunonchi: xodimalarning xonalari, omborlar (toza choyshab va yostiq jildlari,
sarflash materiallari, kir choyshab va yostiq jildlari, tozalash vositalari omborlari),
ofitsiantlarning xonalari, axlat yig‗gich va b. joylashtiriladi.
Joylashtirish xizmati nomer fondining ekspluatatsion holati hisobini yuritadi.
Har bir nomerni tayyorlash va unga mijozlarni joylashtirishning kundalik
tafsilotlariga quyidagilar kiradi: nomer mijozni joylashtirishga tayyorlangan payt;
mijozlar kelgan va ketgan paytlar; mijozlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
113
nomer bo‗sh qolgan soatlar; yashash narxi va summasi; qo‗shimcha xizmatlar
narxi va ularga haq to‗lash; bronga qo‗yish vaqti, nomer ta‘mirlashda, sanitariya
ishlovi berishda bo‗lgan vaqt. Xalqaro statistika bo‗yicha mehmonxonalardagi
turistlarning talab va ehtiyojlari:
1. Mehmonlarning 95%i dush va 5 %i vanna qabul qiladi.
2. Mehmonlarning 40%i ertalab uyg‗onishni so‗raydi.
3. Mehmonlarning 95% har kuni kamida 1 soat televizor ko‗rishadi.
4. Mehmonlar orasida biznes turistlar 40% ni, juft bo‗lib sayohat qiluvchilar
43% ni, yolg‗iz erkaklar 32% ni, yolg‗iz ayollar 22% ni tashkil qiladi.
Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil funksional
vazifalarni bajaradi va ularga har xil talablar qo‗yiladi. Bunday mehmonxonalarda
mijozlar bilan ishlash ular bo‗ysunuvchi idoralar rahbariyati tomonidan
tasdiqlangan mehmonxona xizmatlari ko‗rsatish qoidalariga asosan amalga
oshiriladi. Ammo mazkur mehmonxonalarda amal qiluvchi qoidalarning birorta
ham bandi O‗zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish
bo‗yicha qonun hujjatlariga zid bo‗lmasligi kerak. Funksional vazifasiga qarab
mehmonxonalar:
-
ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yig‗ilishlar, kengashlar va
h.k. uchun;
-
dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort mehmonxonalari,
avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar;
-
mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yo‗lovchilar uchun,
sportchilar uchun va boshqalar uchun quriladi.
Dostları ilə paylaş: