115
(apart-otel)
Vaqtinchalik turar joy sifatida ko‗p yillardan beri o‗z-o‗ziga
xizmat ko‗rsatishdan foydalaniladigan kvartira (ijara) tipidan
tashkil topadi. Mehmonxonaning mazkur tipida narxlar qoidaga
ko‗ra joylashuv muddatiga bog‗liq ravishda (turlanib) to‗lanadi.
Uzoq
muddatga
to‗xtab
o‗tuvchi
oilaviy
turistlarga,
biznesmenlarga va ijarachilarga xizmat ko‗rsatadi.
Iqtisodiy bo„g„in
(klass)
mehmonxonasi
Kichik yoki o‗rta sig‗imli korxonalar (150 o‗rinli va undan ortiq)
magistral yo‗l yoqalarida joylashadi. Xizmatlar to‗plamini
cheklanganligi, oddiy va tez xizmat ko‗rsatish bilan ajralib turadi.
Iste‘molchilari – ko‗rsatilgan (iste‘mol qilingan) xizmatlar uchun
haqiqiy to‗lovni amalga oshirishga intiluvchi va to‗liq pansionga
muhtoj bo‗lmagan biznesmenlar, xususiy turistlar uchun
mo‗ljallangan.
Otel-kurort
O‗z sig‗imi bo‗yicha mehmondo‗stlikning to‗liq xizmatlar
to‗plamini taklif etish bilan ajralib turadigan korxona. Bundan
tashqari, bu yerda parhez taomlar va maxsus tibbiy xizmat
ko‗rsatish majmuasini olish mumkin. Kurort mintaqalarida
joylashadi.
Motel
Shahar tashqarisida, shahar bo‗yida, magistral yo‗l yoqalarida
joylashgan oddiy bir yoki ikki qavatli binolar. Bu kichik yoki
o‗rta korxonalardir (400 o‗ringacha). Kam sonli xodimlarni o‗rta
darajali xizmat ko‗rsatishi xarakterlidir. Mijozlari bo‗lib
havaskor avtoturizmiga urg‗u berilgan turli kategoriyadagi
turistlar hisoblanadi.
«Tunash
Dostları ilə paylaş: