O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Fransiya milliy tasniflash tizimi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə70/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Fransiya milliy tasniflash tizimi 
Jahonda mehmonxonalarni Fransiya milliy tasniflash tizimida darajalash keng
tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh
toifa mehmonxonalarga ma‘lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1
yulduzli, 2 yulduzli, 3 yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir
toifa – yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‗liq
qamrab olish imkonini beradi. Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan
mehmonxona toifa olishga da‘vogar bo‗la olmaydi. Bunday talab-mezonlar
quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:

A – xonalar miqdori;

B – umumiy binolar va xonalar;

C – mehmonxonaning jihozlanishi;

D – yashash joyining shinamligi;

E – xizmat ko‗rsatish;

F – nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan
qulayliklar.

Hind tasniflash tizimi 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi
ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir
yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to‗rt yulduzli», «besh yulduzli»
toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‗yicha
baholash asosida belgilaydi.
Misol.
«1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub
mehmonxona Yaxshi hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan
bo‗lishi kerak (maksimal baho 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar
ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. «2



119


yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, «3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 yulduz»
uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290 ball to‗plash kerak.
Germaniya tasniflash tizimlari 
Germaniya tasniflash tizimiga ko‗ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga
ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‗unlashtirish maqsadida bu yerda
har bir toifa ma‘lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:

turistik toifa – 1 yulduz;



standart toifa – 2 yulduz;

komfortli toifa – 3 yulduz;



birinchi toifa – 4 yulduz;

lyuks – 5 yulduz.



Boshqa tasniflash tizimlari ham o‗zining «yulduzlar» tizimiga muvofiqligini
belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gresiyada A toifa mehmonxonalari to‗rt
yulduzli darajaga, V toifa mehmonxonalari uch yulduzli darajaga, S toifa
mehmonxonalari ikki yulduzli darajaga, D toifa mehmonxonalari bir yulduzli
darajaga mos keladi. Italiyada birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda to‗rt
yulduzli darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi
toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga mos keladi.
Germaniya tasniflash tizimining o‗ziga xos jihati shundan iboratki, unda
pansionlar, karvonsaroylar, «garni» otellar singari mehmonxona korxonalari uchun
ham toifalar nazarda tutilgan. Bunday turdagi mehmonxona korxonalariga tegishli
toifalarni belgilashda «restoran», «ovqatlanish servisi» kabi majburiy talablar
nazarda tutilmaydi, qo‗shimcha talablarning zarur miqdori esa ancha kam:

-

birinchi toifa uchun – 90;



-

komfortli toifa uchun – 50;

-

standart toifa uchun – 15.



Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‗pi bilan birinchi toifa (4 yulduz)
berilishi mumkin.



120



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin