O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə78/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Stol servirovkasi 
Mehmonxona majmualariga tegishli mehmonxona tarmog‗i tarkibiga ikkita
restoran – serhasham firma taomi bo‗lgan va kichik, taom va ichimliklari bahosi
yuqori darajada bo‗lmagan restoranlar kiradi. Kema restorani turistlar va
yo‗lovchilarga xizmat qilishga mo‗ljallangan. Bu restoranlarda nonushta, tushlik,
kechki ovqat tayyorlanadi, ovqat, qandolat mahsulotlari, sovutilgan ichimliklar,
yo‗l anjomlari sotiladi. Yo‗lovchilarga xizmat qilish ofitsiantlar tomonidan amalga
oshiriladi. Vagon-restoranlar uzoq masofalarga qatnovchi temir yo‗l po‗ezdlarida
bo‗ladi. Odatda bunday restoranlar bir kecha-kunduzdan ortiqroq safarga boruvchi
yo‗lovchilar uchun xizmat qiladi. Avtosayyohlar uchun restoran-katta yo‗l
chorrahalarida, yirik avtostansiyalarda joylashadi, sayyohlar bu yerlarda
ovqatlanadi, hordiq chiqaradi.
Bar
- kichkina restoran, ilgari mayxona deb ham ataganlar. Keng assortimentda
har xil ichimliklar sotiladi. Shuning bilan birga barda taomlar, gazaklar, qandolat
mahsulotlari ham bo‗lishi mumkin. Barlarning vazifasi- bu yerga keluvchilarga
Yaxshi xizmat ko‗rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda ko‗ngildagidek dam
olish sharoitini yaratish, musiqa, stereofonik ovoz chiqaradigan apparat,
sanoatkorlar chiqishi, televizor, videoeshittirishlarni tashkil qilishdan iborat.
Hattoki barda o‗yin avtomatlari va 50 dan ko‗p kishiga mo‗ljallangan raqsga
tushish maydonchalari ham bo‗lishi mumkin. Sotiladigan ichimliklar va
mahsulotlar turlariga ko‗ra barlar quyidagi turlarga bo‗linadi: pivo barlari, vino,
sut-qatiq, kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining
kattaligi, jihozlanishining turli-tumanligi bilan ajraladi. Barlar odatda ma‘muriy-
madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar
qoshida ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko‗ra barlar quyidagicha joylashadi:

vestibyullarda - bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat qiladilar;


restoran barlari - bino ichida, zalda joylashadi;


yordamchi barlar- mehmonxona qavatlarida joylashadi.





135


banket barlari - banket zallarida joylashadi.


mini-barlar-mehmonxonaning


mehmonlar
uchun
mo‗ljallangan
xonalarida joylashadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin