137
joylashgan bo‗lsa, do‗stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilish
mumkin bo‗ladi. Xotirjamlik bilan bir piyola choy yoki kofe ichib ketish mumkin.
Gril-barlar
- savdo markazlarida, shahar mavzelarida, dam olish zonalarida,
odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‗ladi. Gril-barda
xo‗randa tanqis, noyob ovqatlarni olishi mumkin. Bu yerdagi taom assortimenti
xo‗randaning tezlik bilan ovqatlanishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‗p
tarqalgan ovqatlardan qovurilgan baliq, jo‗ja, kabob, bifshteks bo‗ladi. Gril-
barlarda taom xo‗randaning ko‗z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar
peshtaxtalari ro‗parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‗yiladi. Peshtaxtaning
ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: