O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə79/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Salat-barlar
-maxsus peshtaxta bilan jihozlangan, ochiq sovutgich vitrinasiga
ega. Maxsus idishlarda tayyorlangan har xil salatlar: ko‗k salat, bodring, rediska,
pomidor, tuxum, kartoshka, sabzi, qizilcha, ukrop, piyoz, petrushka, karam,
shuningdek, go‗sht, baliq, kolbasa, pishloq va boshqalar qo‗yiladi. Alohida
idishlarda: yog‗, sirka, gorchitsa, krem, qaymoq, mayonez, shakar, tuz, garmdori
beriladi. O‗z didi va ishtahasiga qarab har bir xo‗randa tegishli mahsulotlardan
idishlariga solib oladi. Bu barlar «shved stoli» ning bir ko‗rinishidir.
Ho‗l meva barlari

-umumiy ovqatlanish korxonalarining yangi bir turi. Ijtimoiy


vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar iste‘molini kamaytirish
nazarda tutilgan tadbir sifatida paydo bo‗ldi. Bu xildagi barlar o‗ziga xos usulda
binolarda joylashgan, oddiygina jihozlangan: peshtaxtalar qo‗yilgan, vitrinalarda
15 xilgacha sharbatli ichimliklar, sut kokteyllari, elektrokofeyniklar, samovarlar
mavjud. Mijozlar sharbatlardan tashqari, choy, kofe idishlari, restoranning
qandolat sexidan keltirilgan qandolat mahsulotlaridan bahramand bo‗lishlari
mumkin. Sut mahsulotlari barlari -o‗z mahsulot assortimenti bilan boshqalardan
farqlanadi.
Sut va sariyog‗ kokteyllaridan tashqari barning kundalik taomnomasida
buterbrodlar, pishloq, kolbasa, bir necha xil sutli taomlar, quymoqlar, qaymoqli,
tvorogli somsalar, un qandolat mahsulotlari, shirin taom va ichimliklar bo‗ladi.
Ovqat tayyorlashda mijozlarning o‗zlari qatnashadigan barlar keng ommalashib
bormoqda. Sut mahsulotlari barlari firma sut mahsulotlari magazinlari qoshidagi
yirik savdo markazlarida barpo etiladi. Ularning asosiy maqsadi mijozlar taomni
tatib ko‗rishi bilan mazasiga tushunadi va bar mashhur bo‗la boradi.

Disko-barlar
- kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, kechqurun esa bar
xizmatini o‗taydi. Bu yerlarda doimo diskoteka uyushtiriladi. Disko-barlar alohida
binolarda yoki mehmonxonalarning yarim yerto‗lalarida faoliyat ko‗rsatadi. Disko-
bar zallari zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. Raqs



136


maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‗rinishga mos yorug‗lik
berilishi shart.
Disko-barlarda slaydlar ko‗rsatish uchun katta ekran o‗rnatiladi, quvvati
kuchli musiqa apparati, yorug‗likni har xil qilib ko‗rsatish uchun asboblar
shuningdek televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi. Musiqiy dasturni
disko-bar xodimi boshqarib boradi. Bu barlarda orkestrlar, ashulachi, aktyorlar
ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari o‗tkaziladi. Tavsiya etiladigan
mahsulotlar assortimenti turlichadir: odatda, yengil, sovutilgan, aralash ichimliklar,
gazaklar, buterbrod, issiqtaomlar bo‗lishi ham mumkin. Qandolat-shirinliklar va
muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin