O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə82/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Oshxona 
-Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida oshxonalar eng keng
tarqalgan umumiy ovqatlanish joyi hisoblanadi. Asosiy faoliyati - o‗z
mahsulotidan aholi uchun taomlar tayyorlash, ularning mijozlar talablarini
qondirish, nonushta, tushlik, kechki ovqatlar yoki ularning bir qismi tayyorlanadi.
Oshxonalar joylashgan joyiga va xizmat ko‗rsatiladigan mijozlariga ko‗ra umumiy
ravishda foydalaniladigan sanoat korxonalari, muassasalar, qurilishlar, o‗quv
yurtlari va shu kabilar huzuridagi oshxonalarga bo‗linadi.
Ishlab chiqarish korxonalari, o‗quv yurtlari va muassasalar huzuridagi
oshxonalarda asosan hafta kunlari bo‗yicha turli xil majmua tushliklar, nonushtalar
va kechki ovqatlar tashkil etiladi. Oshxonalardan uyga ham ovqat beriladi,
oldindan buyurtmalar qabul qilinadi, shuningdek, ovqat mahsulotlari, chala tayyor
mahsulotlar sotiladi. Ularda o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish va stollarga majmua
ovqatlarni oldindan qo‗yish usullari qo‗llaniladi. Oshxonalar bir-birlaridan
farqlanadi:
- mahsulotlari assortimenti bo‗yicha: umumiy va parhez taomlar oshxonalari;
- xizmat ko‗rsatiladigan mijozlar: maktab bolalari,talabalar va shunga
o‗xshashlar;
- manzili bo‗yicha: hamma uchun, o‗quv va korxona, muassasa xodimlari
uchun. Iste‘molchilar tarkibi bo‗yicha - yoshlar kafesi, bolalar kafesi va h.k.
Tamaddixona

assortimenti cheklangan bo‗lib, sovuq va issiq taomlar,
hammabop va tez tayyorlanadigan taomlar: sosiska, sardelkalar, chuchvara,
qovurilgan tuxum taklif kilinadi. Tamaddixonalarda xohlagan ovqat tanlanadi, ko‗p



139


hollarda tik turib tamaddi qilinadi. Taom tanlangach, hisob-kitob birdaniga amalga
oshiriladi. Bu ish avtomatkassalar orqali ham bo‗lishi mumkin. Tamaddixonalarda
spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi.

Bufet
-bu iste‘molchilarga cheklangan turdagi qaynoq va salqin ichimliklar,
sovuq taomlar, non-bulka va qandolatchilik mahsuotlari shuningdek, oson
tayyorlanadigan issiq va shirin taomlar bilan tezkor xizmat ko‗rsatishga
mo‗ljallangan korxonadir. Unda o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish yoki ofitsiantlar
tomonidan xizmat ko‗rsatish mumkin. Hisob-kitob bufetchi yoki savdo avtomati
orqali bajariladi.
Bufetlar quyidagi joylarda faoliyat ko‗rsatadi: mehmonxonalarda,
maktablarda,tomosha maskanlarida, sport maydonlari atrofida, vokzallarda, daryo,
dengiz kemalarida, ishlab chiqarish va transport korxonalarida, kurilish va boshqa
muassasalarda. Odatda bufetlar mahsulotlarni o‗zlariga qarashli umumiy
ovqatlanish korxonalaridan oladi.
Bundan tashqari ommaviy o‗yin-tomosha joylaridagi bufetlarda oliy sifatli
qandolatlar, konfetlar, meva va ma‘danli suvlar, ho‗l mevalar bo‗lishi kerak. Spirtli
ichimliklar bilan savdo qilish mumkin emas. Maktab va bilim yurtlari qoshidagi
bufetlar kuni uzaytirilgan maktablarda qoluvchi o‗quvchilar va maktab xodimlari
uchun nonushta va tushliklar beradi. Umumta‘lim maktablarida maktab qurilish
loyihasida belgilangan tartibda bufetlar joylashtiriladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin