140
ular faqat
choy ichish joyigina emas, ajoyib hordiq chiqarish, ko‗ngil ochish,
do‗stlarning suhbatlashish makoniga aylandi. Bu yerda mijozlarning o‗zlari
xohlagan ovqatlarini tayyorlashlari, ayniqsa, choyxona palovi juda mashhur.
Choyxonalar madaniy dam olish maskaniga aylandi.
10
-
MAVZU. Turizm sohasida transport xizmatlari
Reja:
1. Turizm sohasida transport xizmatlari. Transport tarixi.
2
Transportda tashish xizmatlarining tasniflanishi.
3
Turizm sohasida transport vositalari. Transport ta‘minoti.
4
Transport kompaniyalari. Havo yo‗llari sanoati. Temiryo‗l sanoati. Avtobus
sanoati. Avtomobil. Kruiz sanoati. «O‗zbekiston Havo yo‗llari». «O‗zbekiston
temir yo‗llari».
5
Chiptalarni buyurtma qilish. Tashish marshrutlarini ishlab chiqish.
6
Turizm sohasida transport xizmatlarining turlari va qulaylik darajalari.
7
Turistlarga transportda xizmat ko‗rsatish
10.1.Turizm sohasida transport xizmatlari
Turizm industriyasi ishlab chiqadigan turistik mahsulot,
xizmatlar va
tovarlarning tarkibi ancha katta va rang-barang majmuani o‗z ichiga qamrab
oladi. Bu mahsulotdan kishilar sayohat qilishda, shuningdek, turizm doirasida
dam olish, xordiq chiqarish, davolanish, o‗z bilim va kasbiy darajasini oshirishda
foydalanishlari mumkin. Bunda turistik mahsulotning asosiy tarkibiy qismiga
kiruvchi transport xizmatlari jami xizmatlarning 27 % ini tashkil qiladi.
Yo‗lovchilarni,
shu jumladan, turistlarni tashish har xil transport turlarida,
chunonchi: havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi.
Turistik tashuvlar
uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning
jo‗g‗rofiy o‗rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga,
milliy
an‘analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa
omillarga bog‗liq bo‗ladi.