O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org
Xizmat turlari Lyuks toifadagi restoranlarda albatta quyidagi qo‗shimcha xizmatlar bo‗lishi
shart: bayram taomlari tayyorlash va xizmat uyushtirish, uyga ovqat olib borib
berish, taom va boshqalarga buyurtmalar qabul qilish, ma‘lum muddatga joyni
band qilib qo‗yish, mijoz iltimosiga ko‗ra taksi chaqirib berish, gul va sovg‗alar
sotish. Bundan tashqari, lyuks va oliy toifadagi restoranlarda orkestr chiqishiga
mo‗ljallangan joy bo‗ladi. Ansambllar, teatr guruhlari konsert dasturlari bilan
mijozlarning Yaxshi dam olishiga sharoit yaratiladi. Lyuks toifali restoranlarda
yuqori sifatli stereofonik radioapparaturadan foydalaniladi, har bir stolda ovozni bir
me‘yorda tartibga soluvchi dinamiklar bo‗ladi. Restoranlar bir-birlaridan
quyidagilar bilan farqlanadi:
- tayyorlab beriladigan taomlar assortimenti bo‗yicha (milliy taomlar, xorijiy
mamlakat taomlari);
- o‗rnashgan joyi - shaharda, vokzallarda, mehmonxonada, dam olish zonasi,
vagon-restoran va boshqalar.
Restoran zallarida mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida arxitektura-
konstruktiv manzarali elementlar, mebel va boshqa jihozlar o‗rnatish uchun
maydonlar barpo etiladi. Restoranlarda mebellarning asosiy turlari: ikki, to‗rt, olti
kishi sig‗adigan stollar (to‗g‗ri burchakli, kvadrat, dumaloq va boshqa shaklda);
restoran kreslolari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar, guldonlar, xizmat uchun
stollar va hokazo. Shahar restoranlari shahar ichida joylashgan bo‗ladi, belgilangan
ma‘lum soatlardagina ishlaydi. Ular taom, gazaklar, ichimliklarning keng
assortimentini tavsiya etadi, asosan tushki va kechki ovqatlar tayyorlaydi. Vokzal
restoranlari - temir yo‗l, aerovokzallarda joylashgan bo‗ladi va yo‗lovchilarga
134
kecha-yu kunduz xizmat qiladi. Bu restoranlar taomnomasida taomlar, gazak va
ichimliklar cheklangan bo‗ladi.