132
Xorijiy turistlarga xizmat qiladigan restoran ofitsiantlari
birorta chet tilini
bilishi va mehmonlar bilan gaplasha olishi lozim. Restoranlar ayrim
mijozlargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Davlat miqiyosidagi katta
anjumanlar, majlislar, konferensiya, seminar, rasmiy kechalar, qabul marosimlari,
to‗ylar, oila tantanalari, banket, tematik kechalar va boshqalarga xizmat qiladi.
Restoranlarda
mijozlarga,
katta
yig‗inlar,
kengashlar,
konferensiya
qatnashchilariga taomning to‗la ratsioni beriladi.
Restoranlar markaziy, odamlar gavjum ko‗chalarda, temir yo‗l, avtomobil
vokzallarida, aeroportlar, kemalar to‗xtash joylarida, teploxod, dengiz kemalarida,
suzuvchi
dam olish uylarida, shuningdek, stadion, shaharlararo xududlarda,
ma‘muriy, tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari
joylashgan yerlarda, O‗zbekiston sharoitida katta bozorlar, o‗yingohlar yaqinida
ochiladi. Ko‗pgina restoranlarda
bayram kuni oldidan, shanba va Yakshanba
kunlari milliy taomlar ta‘mini aniqlash (degustatsiya) tadbiri o‗tkaziladi. Ba‘zi
restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlanish tajribasi amalga oshirilmoqda.
Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuziladi, bunda yosh bolalar hisobga
olinadi.
Lyuks toifadagi restoranda buyurtma va firma taomlaridan tashqari,
taomnomada yozilmagan taomlarning buyurtmasini ham qabul qilish mumkin.
Restoranda mahsulotlar assortimentida shokolad, konfetlar, xo‗l mevalar va
boshqalar bo‗lishi kerak. Lyuks va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli manzarali
badiiy
materiallar, optik yoritkichlar, rangli diapozitivlar, fotosuratlar bilan
bezatiladi. Vitrinalar shunday yasatiladiki, unda korxonaning faoliyati yaqqol
ko‗rinadi, oshxonaning o‗ziga xos xususiyati, mijozlarga ko‗rsatiladigan xizmat
majmui aks etadi.
Oshxonalarda foydalaniladigan matodan
qilingan buyumlar -sochiqlar,
dasturxon, salfetkalar, qo‗l sochiqlari zal xususiyatiga qarab buyurtma bilan
tayyorlanadi. Bu buyumlarning har birida ham restoran tamg‗asi bo‗lishi shart.
Lyuks va oliy toifadagi restoran taomnomasi bosmaxonada chop etilishi zarur. Bu
restoranlarda xorijiy mehmonlarga xizmat qilinadigan bo‗lsa, taomnoma uch tilda:
133
ingliz, fransuz, nemis tillarida bosiladi. Taomnomaning firmali jildi, reklama
afishalari, bukletlar, varaqalar, tabrik va taklif qog‗ozlar va boshqa nashr
reklamalari zich, qalin qog‗ozlar yoki yaltiroq
ishlov berilgan kartondan
tayyorlanadi. Taomnomaning jildida restoran nomi va tamg‗asidan tashqari,
restoranning mavzu yo‗nalishini ifodalovchi rasm ham bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: