145
Boshqaruv shartnomasi bu otel egasi va operator o‘rtasidagi yozma kelishuv
bo‘lib, unda otel egasi operatorni muassasaning butun operativ mas‘uliyatini
zimmasiga yuklash uchun va mussasani prossional ruhda boshqarishi uchun agent
(ishchi) sifatida yollaydi.
Agent sifatida operator binoning xizmat ko‘rsatishi
kabi operatsiyalar
xarajatlari uchun otel egasi nomidan to‘laydi, bularni o‘sha operatsiyalarning naqd
pul oqimidan to‘plangan mablag‘lardan to‘laydi, o‘zida esa boshqaruv haqini
saqlab qolib qolgani foydani, agar u naqd pul ko‘rinishida, otel egasiga topshiradi.
Otel egasi binoni yer, bino, mebel va jihozlar, va ishchi kapitali bilan ta‘minlaydi
hamda loyiha uchun to‘liq qonuniy va moliyaviy mas‘uliyatni zimmasiga oladi.
Dastlabki menejment kompaniyasi Sezar Ritz Group bo‘lgan bo‘lishi
mumkin. XIX asrning oxirida Sezar Ritz, o‘zinig mashhur
Escoffier ismli bosh
oshpazi bilan bilan birgalikda alohida egalik qiluvchi otellar menejerlarini
tayinlash va nazorat qilish ishlari uchun haq olar edilar. O‘sha kelishuv otelga
o‘zini Ritz mehmonxonasi deb reklama qilishga imkon yaratdi.
Birinchi Qo‘shma Shtatlardagi menejment kompaniyasi 1920-yilllarda kichik
kollej mehmonxonalarini boshqarishni boshlagan Treadway Hotel Company edi.
1930-yillarda, Amerika mehmonxonalar Korporatsiyasi
otellarni inqirozga
uchratishga muvaffaq bo‘ldi, ammo 1970-yillarning oxiriga kelib, AQShdagi bor
yo‘g‘I 3 yoki 4 ta menejment kompaniyalari bor bo‘lgan.
1970-1980 yillarda otellar tez sur‘atlarda ko‘payib ketishi bilan ko‘pchilik
yangi loyihalar otel operatsiyalarni bajargan odamlarga qaraganda ko‘proq moliya
va ko‘chmas mulk sohasida tajribasiga ega bo‘lgan insonlar tomonidan amalga
oshirilgan. Bunday operator bo‘lmagan egalar tomonidan otelni boshqarish orqali
mehmonxona menejmenti kompaniyalari soni keskin ravishda oshib ketdi.
Menejment kompaniyasining 2 ta turi bor. Birinchisi, Hilton va Marriot kabi
ko‘plab zanjirlar o‘zlarining franshizalari ustidan menejment kompaniyasi sifatida
ish yuritadi. Zanjirlar 300 xonadan oshiq bo‘lgan
muassasalarning menejment
shartnomalari bo‘limida yetakchlik qiladi.
146
Zanjirlar faqatgina bosh ofisning asosiy xarajatlariga yetarli bo‘lgan minimum
to‘lovlarni taklif etadi. 2-turi, kichikroq menejment kompaniyalaridan tarkib
topgan bo‘lib 300 xonadan kam bo‘lgan muassasalar kategoriyasi bilan ishlaydi.
Mustaqil menejment kompaniyalari turli xil franshizalari ostida kichikroq
muassasalarni boshqarishlari mumkin. Ular otel egalariga kundalik operatsiyalarda
ko‘proq nazorat va shartnoma xususida ko‘proq o‘zgaruvchanlikini taklif qiladi.
2001 va 2008 yillarda boshlangan iqtisodiy qiyinchiliklardan so‘ng ba‘zi otel
egalari menejment kelishuvlarining shartnomaviy davrlarini taklif qiladi.
Shartnomalar uzun muddatli bo‘lishi
kerak edi, 20 yil masalan 2002-yildagi
ko‘rsatilgan va ommaga ma‘lum bo‘lgan tashabbus Charleston, West Virgina,
Marriot va menejment kompaniyasi bo‘lgan Marriot International o‘rtalaridagi
qonuniy kurash edi.
Otellar egalari Marriotni muassasa sotuvchilaridan (otel uchun)
olingan
ortiqcha to‘lovlarni ulardan yashirish va otelga mablag‘larni noto‘gri taqsimlash
orqali firibgarlik qilgan deya qonuniy ayb qo‘ydilar. 1 yildan so‘ng bu ish tufayli
Marriott otel egalariga ularning oteldagi xonalarini sifatini oshirish uchun 1 mln $
qarz berishga va boshqa mehmonxona loyihalarini ishlab chiqarish uchun rasmiy
ravishda 2 mln. $ berishga rozi bo‘ldi. Shuningdek shartnoma qismlari otel egalari
bilan ishlash davrini yana 10 yilga uzaytirish kabilar bilan o‘zgartirildi.
Mustaqil menejment kompaniyalari otel biznesida faoliyat boshlayotganlarga
1 nechta afzalliklarni taklif etadi. Kompaniya o‘zining
muvaffaqiyatli tajribalari
bilan yuqori malakali va bilimlar odamlarga ega bo‘ladi. Bunday yuqori malakali
va katta tajribaga ega menejerlar bilan ishlashning o‘zi bir amaliyot hisoblanadi.
Bundan tashqari, kattaroq kompaniyaning turli xil kattalikdagi binolari va
franshiza birlashmalariga ega bo‘lishi mumkin va shu
orqali kichigidan tortib
kattasigacha bo‘lgan muassalarda malaka, lavozimini oshirish va keng turdagi
tajribalarni taklif etadi.
Dostları ilə paylaş: