149
ta‘mirlangandan so‗ng, IKAOning birinchi kategoriyasiga ega bo‗lgan
aeroport
hisoblanib, g‗arbda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi laynerlarni hamda sharqiy
havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‗ldi. Aeroport soatiga 400
yo‗lovchini qabul qilish va xizmat ko‗rsatish imkoniyatiga ega. Toshkent, Moskva,
Sankt-Peterburg, Simferopol va Qozon shaharlari bilan havo aloqalari ham
o‗rnatilgan. Bu yerga Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan
charter qatnovlar
amalga oshiriladi. Aeroport xalqaro tashuvlarni amalga oshirgani uchun «Gabriel»
va «Sita» bronlashtirish tizimiga kiritilgan.
«BUXORO» xalqaro aeroporti
1997-yilda ishga tushirilib, xalqaro
maqomga 1999-yilda erishgan, soatiga 150 yo‗lovchini qabul qiladi va xizmat
ko‗rsatadi.
Unda keng kutish maydoni, bufetlar, do‗konlar, tibbiyot punkti,
yuklarni
saqlash xonasi, milliy an‘analarda bezatilgan VIP va CIP - maydonlari
mavjud. Buxoro aeroportidan Toshkent, Moskva,
Sankt-Peterburg shaharlariga,
shuning MDH mamlakatlari va boshqa davlatlarga uchish mumkin. «MDH
mamlakatlari orasida yilning eng Yaxshi aeroporti» unvoni tashuvlar hajmi
borasida 2012-yilda besh yuz ming nafargacha yo‗lovchiga xizmat ko‗rsatgan
«Buxoro» xalqaro aeroportiga topshirildi.
«URGANCH» xalqaro aeroporti.
Fuqaro aviatsiyasi «Aeroport»
Assotsiatsiyasining «MDH davlatlari bo‗yicha yilning eng Yaxshi aeroporti»
tanlovida 2012-yilda «Ishlab chiqarishga qo‗shgan salmoqli hissasi uchun»
nominatsiyasi g‗olibi bo‗ldi. «Urganch» xalqaro aeroporti soatiga 300 nafar
mijozga xizmat ko‗rsatish
imkonini beruvchi, barcha qulayliklarga ega
yo‗lovchilar uchib kelish zali foydalanishga topshirilgan. Unda kutish maydoni,
tibbiyot punkti, barlar, kafe, valyuta ayirboshlash shahobchasi, suvenirlar do‗koni
mavjud.
Aeroportdan Toshkent, Moskva shaharlariga va dunyoning boshka
mamlakatlariga uchib borish mumkin.
Dostları ilə paylaş: