116
Otel-garni
Mijozlarga cheklangan miqdordagi xizmatlarni:
joylashuv va
kontinental nonushtani taqdim etuvchi korxonalar.
Pansion
Xizmatlar
darajasini
cheklanganligi
va
oddiy
standartli
korxonalardir. Otel-garnilardan farqli ravishda bu yerda
nonushta, tushlik va kechki ovqat (to‗liq pansion) taqdim etiladi.
Biroq ovqatlanish xizmati faqat mijozlargagina ko‗rsatiladi.
Mehmonxona-
hovli
Otellardan sig‗imi, xizmat ko‗rsatishi, sodda standartligi bilan
ajralib
turuvchi korxona, uchrashuvlar va mehmonlar tashrifi
uchun qator jamoa xonalarining mavjud emasligi bilan ajralib
turadi. Mehmonxona-hovli tarkibi (strukturasi)da
restoran yoki
barning mavjud bo‗lishi majburiydir.
Rotel
Tunash uchun mo‗ljallangan kreslolar joylashtirilgan bir yoki ikki
o‗rinli
vagonlardan
tashkil
topuvchi
harakatlanadigan
mehmonxonadir. Xojatxona, oshxona, muzlatgich va kiyinish
uchun mo‗ljallangan xonalar mavjud.
Botel
Mos ravishda jihozlangan kichik
kema sifatida foydalanuvchi,
suvdagi uncha katta bo‗lmagan mehmonxona.
Flotel
Ko‗p xollarda «suvdagi kurort» deb nomlanuvchi katta
mehmonxona. Turistlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim
etuvchi shinam nomerlar: basseyn, suv chang‗ilari,
baliq ovlash
uchun sharoit yaratadigan, suv ostida suzish, suv osti ovi, trenajer
zallari, konferensiya va kongresslar uchun zallar, kutubxona,
turli-tuman ta‘minotlar (telefon,
telefaks, teletayp, televizor, va
x.k). So‗nggi vaqtlarda turlarga o‗qituvchi
kongress-kruizlar,
kongress-turlar, biznes-turlarni tashkil etish uchun foydalaniladi.
Flaytel
Agromehmonxona yoki «uchuvchi otel». Favqulodda qimmat va
mehmonxonani kamyob turi hisoblanadi. Qo‗nish maydonchasi
va meteorologik xizmat aloqalari bilan jihozlangan.
Dostları ilə paylaş: