Kirish Mavzuning dolzarbligi: Futbol musobaqalarini o‘tkazish amaliyotida musobaqaga rahbar tashkilot, qatnashuvchilar haqida ma’lumot, uning o‘tkazish muddati, sovrinli o‘rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari egallaydigan barcha keyingi o‘rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuziladi. Ushbu nizomlar futbol Federatsiyalari yoki musobaqalarni o‘tkazuvchi tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Hamisha musobaqa haqidagi “Nizomi” katta yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo‘ladi. “Nizom” o‘quv-mashg‘ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy - uslubiy tayyorgarligi bo‘lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanib, musobaqada qatnashuvchilarga tarqatiladi.
Musobaqani o‘tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o‘tkazayotgan tashkilotni obro‘yiga putur yetadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Futbolchilar mahorat darajasini oshirish tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri bolalarni ilk yoshlik chog‘idan boshlab futbol о‘yiniga rejali va malakali ravishda ommaviy о‘rgatishga bog‘liq. Faqatgina bola organizmi tizimlarining yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarining hisobga olgan holda о‘yin sirlarini о‘rgatish va shug‘ullantirishning eng samarali uslubiyotini qо‘llash natija-sidagina yuqori darajadagi futbolchilar tayyorlash vazifasini tо‘liq hal etish mumkin.