О‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish Yosh futbolchilar tayyorgarligini rejalashtirish samarali boshqarish-ning zarur shartidir. U yakuniy maqsadga erishishga, ya’ni zamon talablariga javob beradigan о‘yinchini tayyorlashga yordam beradi.
Futbolchilarni tayyorlashda rejalashtirish uchga bо‘linadi: istiqbolli, bir yillik, tezkor (operativ).
Turli yoshdagi guruhlarda mashg‘ulotlar о‘tkazishning xususiyatlari. Shug‘ullanuvchilarni tayyorlash ularning yoshini, anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Mashg‘ulotlarda8-11 yoshli bolalarning funksional imkoniyatlari nisbatan pastligini hisobga olib, shug‘ullanuvchilarga о‘zgacha e’tibor bilan yondashish kerak. Ularga tо‘p bilan muomala qilish texnikasi va о‘yin taktikasini о‘rgatishda shu yoshga mos mashqlar yordamida mashg‘ulot о‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir mashg‘ulotda ikkita yoki uchta texnik usulni о‘rgatish mumkin. Ikki taraflama о‘yinni qabul qilingan meyorlarga qarab va katta maydonda о‘tkazish shart emas. 11x11 jamoaviy о‘yin sharoitida taktik harakatlarni egallash ularga birmuncha qiyinchilik tug‘diradi.
Bu yoshdagi bolalarga individual va taktik harakatlarni 3x3, 4x4, 5x5 kabi chegaralangan tarkibda kichik maydonchalarda (30-50 m va 20-30 m) ikki taraflama о‘yin va о‘yin mashqlari orqali egallash oson bо‘ladi.
О‘yin jarayonida fikrlashni tarbiyalash uchun harakatli о‘yinlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
8-11 yoshli bolalar bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlarida jismoniy tayyorgarlikka 50 % vaqtni ajratish zarur.
12-15 yoshli о‘smirlar va 16-17 yoshli о‘spirinlarda boshlang‘ich о‘rgatish shug‘ullanuvchilarning individual tayyorgarligiga e’tibor bergan holda olib boriladi.
Yoshlar va о‘smirlarga texnik-taktik usullarni о‘rgatish va bu bilimlar-ni mustahkamlash, 8-9 va 10-11 yoshli futbolchilarni о‘rgatishga nisbatan qiyinroq mashqlar berish orqali о‘tkaziladi. Shuni unutmaslik kerakki, yosh futbolchi BО‘SMga о‘z qobiliyatini takomillashtirish uchun kelgan.
10-12 yoshli о‘quv-mashg‘ulot guruhlarida harakat tezligini chaqqonlikni rivojlantirish bilan bog‘liq holda tarbiyalashga e’tiborni qaratish lozim.
Bolalarning kuch imkoniyatlari uncha katta bо‘lmaganligi uchun kuchni tarbiyalash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi zarur.
Umumiy chidamlilikni tarbiyalashning asosiy vositasi bu bir maromda uzoq yugurishdir. Uning davomiyligi sekin-asta 10 daqiqadan 30 daqiqagacha oshirib boriladi.
Chaqqonlik va egiluvchanlikni tarbiyalash mushkul harakat koordina-siyasini egallashning asosini tashkil qiladi. Bunda harakatli va sport о‘yinlari, akrobatik mashqlar, sakrashlarni qо‘llash tavsiya qilinadi. Yugurish mashqlari qо‘shimcha topshiriqlar orqali bajariladi (tо‘satdan tо‘xtash, yо‘nalishni о‘zgartirish, burilishlar).
Texnika va taktikani о‘rgatishda asosan yaxlit mashqlar qо‘llanadi.
10-12 yoshda tezlik, asosan, tezkorlik-kuch sifatlarining rivojlanishi va mushak tizimining о‘sishi tufayli oshadi. Shuning uchun tezlikni tarbiya-lash vositalari tarkibida tezkorlik-kuch mashqlari (sakrashlar, depsinish-lar, yugurishda tezlanishlarning о‘zgarishi) muhim о‘rinni egallaydi.
Chidamlilikni tarbiyalash uchun: bir maromda kross yugurish; sport va harakatli о‘yinlar, yugurish va о‘yin mashqlarini qismlarga bо‘lib bajarish kabilar zarur.
Katta о‘quv-mashg‘ulot guruhlarida tezkorlikni tarbiyalashga katta ahamiyat beriladi, chunki uni rivojlantirish juda mushkul bо‘ladi. Mashg‘ulot jarayonida mashqlar quyidagi xususiyatlariga kо‘ra tanlanadi:
– о‘yin mazmuni va tizimi yо‘nalishi (texnika va taktikani takomil-lashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish);
– organizmning alohida funksiyalariga ta’sir qilish (aerob, anaerob va aralash);
– mashqlarning davomiyligi va shiddati, takrorlanish soni, tanaffus-lar kattaligi miqdori va hokazo.
Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash. Zamonaviy futbol sportchining shaxsiga, uni tayyorgarligiga yuqori talablar qо‘yadi. Tayyorgarlikning takomillashgan shakli, uslubi va vosita-larini izlash lozim. Bu, о‘z navbatida, murabbiydan yuqori bilim darajasi-ni, sport mashg‘ulotiga ilmiy yondashishni talab etadi.
Futbolchilarni tayyorlash dasturi mashg‘ulot jarayonining kо‘rsat-kichlari miqdorini aks ettiruvchi muhim hujjat hisoblanadi. Futbol-chilarni tayyorlash dasturiga asoslanib rejalashtirish hujjatlari tuziladi.
Istiqbolli rejalashtirish Istiqbolli rejalashtirish futbolchilar tayyorgarligining tо‘rt yillik sikl (bosqich) i yо‘nalishi va mazmunini belgilab beradi.
Istiqbolli rejalashtirish quyidagi vazifalarni hal qilishni nazarda tutishi lozim:
– о‘quv-mashg‘ulot jarayonining samarasini oshirish;
– jamoaga saralab olish tizimini takomillashtirish;
– moddiy-texnik bazani takomillashtirish;
– kompleks nazorat tizimini takomillashtirish;
– ilmiy-uslubiy ta’minlanish samaradorligini oshirish.
Istiqbolli rejalashtirish qо‘yidagi bо‘limlarni qamrab oladi:
– tayyorgarlikning maqsad va vazifalari;
– tayyorgarlik bosqichlari;
– yillar bо‘yicha jamoani jamlash (komplektlash);
– musobaqa va mashg‘ulot yuklamalari dinamikasi;
– murabbiylar tarkibi malakasini oshirish;
– moddiy-texnik ta’minlash.
Bir yillik rejalashtirish Bir yillik rejalashtirish istiqbol rejasiga mos ravishda tuziladi va uning bir qismi hisoblanadi. Uning asosi ichki va xalqaro musobaqalar taqvimi. U qо‘yidagi bо‘limlarga bо‘linadi:
– tayyorgarlikning maqsadi;
– tayyorgarlikning vazifalari;
– tayyorgarlikning davrlari;
– mashg‘ulot jarayonining mazmuni;
– mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari dinamikasi;
– yillik sikl bо‘yicha davrlari tayyorgarlik turlari va vositalariga vaqtni taqsimlash;
– ilmiy-uslubiy ta’minlash;
– mashg‘ulot, musobaqalar va tiklanishni kompleks nazorat qilish;
– tibbiy ta’minlash;
– moddiy-texnik ta’minlash.
Tayyorgarlikning yillik siklida yuklamalar hajmi jamoaning qaysi tabaqada ishtirok etishi, musobaqa davrining uzunligi va undagi о‘yinlar soniga bog‘liq.
Mashg‘ulotlarning yillik sikli uch davrga bо‘linadi: tayyorgarlik, musobaqa va о‘tish davrlari.
Tayyorgarlik davrida mashg‘ulot yuklamalari hajmi о‘rtacha 180-240 soat bо‘lsa, musobaqa davrida 380 - 400 soatni tashkil qiladi. Jami yiliga 700-750 soat о‘quv-mashg‘ulot ishlari olib boriladi.
О‘yinlarni qо‘shganda (150-170 soat), amaliy ish hajmi 900 soat atrofida bо‘lishi lozim.
Tayyorgarlik davri Yuqori malakali jamoalarda tayyorgarlik davrining uzunligi oxirgi yillarga kelib 8-10 haftagacha qisqaradi.
Bu davrda asosiy vazifa futbolchilar tayyorgarligini har tomonlama ta’minlash va uning asosida texnik-taktik mahoratni va iroda sifatlarini takomillashtirish iborat. Bolalar mashg‘ulotlardan oldin juda jiddiy tibbiy kо‘rikdan о‘tkaziladi.
Futbolchilarni tayyorgarlik davri ikki bosqichga ya’ni umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlariga bо‘linadi.
Futbolchilarda umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun yugurish tavsiya qilinadi, bu yerda о‘yinchining о‘yinda 12-15 km masofani yugurib о‘tishini inobatga olish kerak. Umumtayyorlov bosqichida asosan shiddatga e’tibor berilsa, maxsus tayyorlov bosqichida yugurish mashqlari tо‘p bilan bajariladi. 1- jadval.
Futbolchilarni maxsus chidamlilikni tarbiyalash uchun tо‘p bilan bajariladigan 3x2, 4x3, 5x3, 6x3, 4x4, 6x6, 8x8, 11x11 va boshqa mashqlarni qо‘llash kerak.
Tayyorlov davrini oxirida texnik - taktik tayyorgarlik harakat kо‘nik-malarini va taktik fikrlashni takomillashtirishga yо‘naltiriladi.