Futbol mashg‘ulotlarini rejalashtirish. Reja: Kirish



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə6/9
tarix10.04.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#95698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FUTBOL MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH.

2.Musobaqalarni rejalashtirish va ularning turlari.
Futbol musobaqalari darsdan tashqari paytlarda o‘quv yurti birinchiliklari sifatida o‘tkazilib kelinadi. Musobaqalar o‘quvchi-talabalarini mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, mamlakatimizda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi, o‘quvchi-talabalar sog‘ligini mustahkamlaydi, iqtidorli futbolchilarni kollej terma jamoalariga saralab olishga yordam beradi, shahar birinchiliklarda ishtirok etuvchilarni tanlab olishga xizmat qiladi, shuning bilan uzliksiz sport musobaqalari tizimidan o‘rin olgan, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musoboqalariga tayyorlaydi. O`quvchi-talabalar futbol o‘yinlarida, o`quv-mashg‘ulotlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydilar. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy jihatdan tayyorgarlik darajasini aniqlaydi, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining ahvoli va yo‘nalishini aniqlash imkonini beradi, maktab jismoniy tarbiya jamoasini ishiga baho beradi. Musobaqa natijalari o‘quv-mashg‘ulot ishlarini yakunlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Musoboqaning g‘olib jamoalarni aniqlaydi. Hamisha futbol musobaqalari ochiq havoda o‘tkazilganda qatnashchilarni sog‘lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositasi bo‘lib hisoblanadi. Musobaqalar ko‘p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan birga sportni futbol turini targ‘ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Futbol musobaqalarida o‘yin hakamlarning ya’ni bosh hakam va yordamchi hakamlarning tarbiyachi - pedagog va o‘yin rahbari sifatidagi o‘rnining ahamiyati nihoyatda katta va juda ma’suliyatlidir. Musobaqa o‘yinlarida mohirlik bilan halol hakamlik qilish, futbol o‘yini jarayonida maydonda ro‘y beradigan qo‘polliklarni o‘z vaqtida payqab futbol o‘yin qoidasiga binoan tegishli choralar qo‘llashi, ayrim futbolchilarning o‘yindagi intizomsizliklariga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o‘yinchilariga o‘z vaqtida tanbeh va ko‘rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o‘tkazishga yordam beradi. Futbol musobaqalarini boshlanganidan toki tugab ketgunga qadar musobaqa hakami tartibsizliklar uchun javobgar hisoblanadi.Futbolchilar tayyorlashni umumiy tayyorgarlik bosqichida asosiy e’tibor futbolchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik kо‘rishlariga qaratilgan bо‘ladi.
О‘quv mashg‘ulotining jismoniy tayyorgarlik jarayonini rejalashti-rishda unga umumiy vaqtning 40-45% i ajratiladi. Mashg‘ulotlarda kuchni, chidamlilikni, chaqqonlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Buning uchun yengil atletika, akrobatika, suzish, sport о‘yinlari vosita-laridan foydalaniladi. Mashg‘ulotlarni ham sport zallarida, ham ochiq havoda о‘tkazish rejalashtiriladi.
Texnik tayyorgarlik umumtayyorlov bosqichida ikkinchi о‘rinda turadi. Unga umumiy vaqtning 35-40% i ajratiladi.
Futbolchilar tayyorlashni bu bosqichda taktik tayyorgarlikka umumiy vaqtning 20-25% i ajratiladi. Ularning asosiy yо‘nalishi umumiy о‘yin kо‘nikmalarini tiklash, individual va guruhli taktik harakatlar kо‘nik-malarini egallash va takomillashtirish.
Futbolchilarni ruhiy tayyorlashda tayyorgarlikning barcha bosqichlarida katta ahamiyat beriladi. Haftalik siklda mashg‘ulotlarning taxminiy taqsimlanishi 2-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin