Futbol mashg‘ulotlarini rejalashtirish. Reja: Kirish


Futbol musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə8/9
tarix10.04.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#95698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FUTBOL MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH.

3.Futbol musobaqalarni rejalashtirish.
Jismoniy tarbiya harakatining tashkiliy tuzilishi hususiyatlarini hisobga olgan holda, jismoniy tarbiya jamoalarida o‘tkaziladigan futbol musobaqalarining muayan tizimi qaror topgan. Bu tizim turli ko‘lamdagi musobaqalarning hisobga olgan holda maktablarda qizlar – o‘g‘illar orasida muttasil, izchil bo‘lishini va almashinib turishini talab etadi.
Musobaqaning rejasi faqat tadbirlar ro‘yxati emas, balki jismoniy tarbiya jamoasining futbolni yanada rivojlantirish yuzasidan olib borayotgan ishlarning samarasini ham belgilaydi. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-talabalari orasida uyushtiriladigan musobaqalarni o‘tkazish bilan aloqador barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Rejani respublika, viloyat va shahar miqiyosidagi “Barkamol avlod” musobaqalarining hisobga olgan holda ko‘p yillik qilib tuzish maqsadga muvofiqdir.
Futbol musobaqalarini o‘tkazishning amaliyotda uchta asosiy tizimi qaror topgan: bular davrali tizim, bir yoki ikki marta yutqazgandan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan tizim, avvalgi ikki tizimning kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan aralash tizimdir.
Futbol musobaqalarining ushbu davrali tizimida musobaqada ishtirok etayotgan har bir jamoa, agar musobaqa bir davrali o‘tkazilsa, bir-biri bilan bir marta, agarda musobaqa ikki davrali o‘tkazilsa, ikki marta uchrashishi kerak bo‘ladi. Bunday musobaqa tizimi musobaqalashuvchilar kuchlari nisbatini ancha oqilona adolatli belgilashga va kuchli jamoalarni aniqlashga imkon beradi, davrali tizimda musobaqaning umumiy yakunidagi tasodifiylik elementi ma’lum darajada bartaraf qilinadi. Davrali tizim bo‘yicha futbol musobaqalarni ikki davrali qilib o‘tkazish eng to‘g‘ri hisoblanadi.
Davrali tizim musobaqalarida ishtirokchilarining barcha o‘rinlari ular to‘plangan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. Bo‘lib o‘tgan barcha o‘yinlar natijasiga ko‘ra eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa (yoki jismoniy tarbiya jamoasi) g‘olib hisoblanadi. Bir yoki bir necha jamoalarda ochkolar teng bo‘lib qolganda, g‘olibni aniqlash uchun musobaqa “Nizomi”da qandaydir qo‘shimcha ko‘rsatkichlar yoki tadbirlar (masalan, mazkur jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin yoki shu jamoalar o‘rtasidagi avval o‘ynalgan o‘yin natijalari, yoki kiritilgan to‘plar nisbati, qur’a tashlash) nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Musobaqalar davrali tizim bo‘yicha o‘tkazilganda o‘ynash tartibi qur’a tashlash yo‘li bilan musobaqada qatnashuvchi jamoalarning raqamlari aniqlanadi. Jamoalarning aniqlangan raqamlari asosida o‘yinlar jadvali (kalendari) tuziladi.
Musobaqalar bir davrali qilib o‘tkazilganda, o‘yin bir-biri bilan bellashuvchi ikki jamoadan dastlabkisining maydonida o‘tkaziladi. Agar musobaqada ikki davra nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yin keyingi jamoa maydonida o‘tkazilishi kerak.

Xulosa
Insonning chaqqon, harakatchan bo‘lishida gimnastikaning ahamiyati kattadir. Gimnastika mashqlari xilma-xil bo‘lib, sport turlarining barchasida bu mashqlardan foydalaniladi. Ular gavda mushaklarini rivojlantirishga yordam berib, to‘g‘ri qomatni shakllantiradi. Shuning uchun ham o‘quv muassasalarida, davolash-profilaktika ishlarida va ishlab chiqarish sohalarida, harbiy xizmatda keng qo‘llaniladi.
Gimnastika mashqlarining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu mashqlar organizmning barcha a’zolariga birdek ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiya darslarida siz hayotiy o‘ta zarur bo‘lgan yugurish, yurish, arqonga tirmashib chiqish, to‘siqlardan oshib o‘tish, muvozanatni saqlash, sakrashlarni bajarishga oid ko‘nikma va malakalarni hosil qilasiz.
„Gimnastika“ tushunchasi keng ma’noni anglatib, uning sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, ritmik, akrobatik gimnastika kabi turlari mavjud.
Mazkur bo‘limda gimnastikaning bir necha mashqlari bilan tanishib, sport anjomlarida eng oddiy akrobatik mashqlarni hamda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi alohida mashqlarni bajarishni (arqonda sakrash, press, chambaraklar bilan mashq bajarish, qo‘llarni bukib-yozish, tortilish, umbaloq oshish, kuraklarda tik turish va hokazo) o‘rganasiz.
Gimnastika termini yoki atamasi deganda alohida yoki kompleks harakat holatining qisqa shartli nomlanishi tushuniladi. Atamalar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muomala-munosabatda ortiqcha tavsifdan qochish imkonini beradi va faqat harakat, mashqlarning eng xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatish bilan chegaralanadi. Gimnastika atamalari qulayligi, aniqligi va qisqaligi bilan farq qiladi. Atamalar esda qoladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin