Futbol mashg‘ulotlarini rejalashtirish. Reja: Kirish



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə3/9
tarix10.04.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#95698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FUTBOL MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH.

Futbolchilarni tayyorlashda о‘quv-mashg‘ulot ishlarini tashkil qilish
Futbol tugaraklarida о‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish mashg‘u-lotning zamonaviy uslubiyati asosida, yosh futbolchilarning yuqori mashg‘u-lot yuklamalarini о‘zlashtirishi orqali amalga oshiriladi.
Futbol tugaraklariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
– Dasturni; amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni uzluksiz bajarish; yosh futbolchilarni tanlash tizimini yaxshi tashkil qilish;
– musobaqalarda muntazam ishtirok etish; tiklanish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish; yо‘riqchi va hakamlik amaliyotini о‘tash;
Sport maktablaridagi bо‘limlar boshlang‘ich tayyorlov va о‘quv-mashg‘ulot guruhlaridan shakllanadi. Sport tayyorgarligida yuqori natijalarga erishilgan va zarur sharoitlar yaratilgan BО‘SMlarda sportni takomillash-tirish guruhlari tashkil qilinadi.
О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi bolalar va о‘smirlar sport maktablari quyidagi yoshlarni hisobga olib shakllanadi:
8-9, 10-11, 12-13, 16-17 yosh.
Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari:
Futbol bо‘yicha BО‘SM dasturidagi umumiy jismoniy tayyorgarlik bо‘limi asosida shug‘ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgar-ligini ta’minlash, futbol bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqtirish, о‘quv-mashg‘ulot guruhlarida sport mahoratini takomillashtirish uchun iqtidorli bolalar va о‘smirlarni aniqlash lozim bо‘ladi.
Ushbu guruhlarda yosh futbolchilar о‘yin texnikasini о‘rganishadi, taktika va о‘yin qoidalarini, mashg‘ulot jarayonining gigiyenik tomondan ta’minlanishi haqida nazariy ma’lumotlar olishadi.
Birinchi (10-11 yosh) va ikkinchi (11-12 yosh) yil о‘qiyotgan о‘quv-mashg‘ulot guruhlari shug‘ullanuvchilarining vazifalari:
Sog‘liqni mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, tezkorlik, chaqqonlik va harakat koordinatsiyasini rivojlantirish; texnik usullarni egallash, о‘yinning individual, guruhli va jamoaviy taktikasi asoslarini о‘rganish; futbol qoidalari asosida о‘yin jarayonini о‘zlashtirish, futbol musobaqalarida qatnashish; shifokor nazorati, shaxsiy gigiyena, futbol tarixi, texnika va taktika, futbol о‘yini qoidalari tо‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlar bilan tanishish.
Uchinchi (12-13 yosh) va tо‘rtinchi (13-14 yosh) yil о‘qiyotgan о‘quv- mashg‘ulot guruhlarining vazifalari:
Sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlikni har tomonlama takomillashtirish: tezkorlik-kuch, chaqqonlik va umumiy chidamlilik sifat-larini rivojlantirish; о‘yin texnikasi usullarining barcha arsenallarini egallash; individual va guruhli о‘yin taktikasini takomillashtirish; jamoa taktikasi asoslarini egallash; taktik fikrlashni rivojlantirish; futbol musobaqalarida qatnashish; hakamlikning oddiy kо‘nikmalarini tarbiyalash; jismoniy mashqlar uslubiyati, jamoa chiziqlarida о‘yinchilarning vazifa-lari tо‘g‘risidagi boshlang‘ich nazariy ma’lumotlarni о‘zlashtirish, о‘yin olib borishning taktik sxemasi bilan tanishish.
Beshinchi (14-15 yosh) va oltinchi (15-16 yosh) yil о‘qiyotgan о‘quv-mashg‘ulot guruhining vazifalari:
jFutbolchilarninig jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish, kuch, tezlik, umumiy va maxsus chidamlilik sifatlarini rivojlantirish, о‘yinni texnik usullarini takomillashtirish; cheklangan vaqt va bо‘shliq sharoitida texnik usullarni yuqori darajada bajarishga erishish; individual, guruhli va jamoaviy о‘yin taktikasini takomillashtirish, «standart» holatlarni о‘rganish, murakkab о‘yin sharoitida taktik fikrlashni rivojlantirishni davom ettirish; futbolchilarning sport mashg‘uloti uslubiyatidagi asosiy holatlarini о‘zlashtirish; hakamlik kо‘nikmalarini egallash; mustaqil mashg‘ulotlar kо‘nikmalarini takomillashtirish.
Sport-takomillashtirish guruhlari (16-17) va (17-18 yosh):
Individual atletik tayyorgarlikni maxsus chidamlilik va tezkorlik-kuch sifatlariga urg‘u bergan holda rivojlantirish; о‘yinning texnik usul-larini takomillashtirish – texnik usullar hajmini oshirishga alohida e’tibor bergan holda ularni tez, samarali bajarish. Himoya va hujumda individual taktik harakatlarni rivojlantirish; ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirish; musobaqalarda ishtirok etish, sport formasini egallash, yuqori malakali jamoalar о‘yinlari orqali tajriba orttirish; nazariy bilimlarni, ayniqsa, sport mashg‘uloti va hakamlik uslubiyatini chuqur egallash, futbol bо‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va о‘tkazishda, natijalarga erishishda qat’iyat va maqsad sari intilishni tarbiyalash.
Sport maktablarida о‘quv-mashg‘ulot jarayonining asosiy shakllari: nazariy va guruhli amaliy mashg‘ulotlar, individual reja bо‘yicha mashg‘u-lotlar, taqvim musobaqalari, о‘quv va о‘rtoqlik о‘yinlari, sport-sog‘lomlash-tirish oromgohlari va о‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hisoblanadi.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin