Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi



Yüklə 132,98 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü132,98 Kb.
#168891
  1   2   3   4   5   6
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI

MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI.


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I.BOB BO'LIM. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ASOSLARI
1.1 Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari……….……….6
1.2 Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi…………….12


II.Bob MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT
METODLARI…………………………………………………………………..
2.1 Metod haqida tushuncha, pedagogik tadqiqot metodlari………………..18
2.2 Maktabgacha ta’lim tarixi maktabgacha pedagogika fan sifatida…..……26


XULOSA……………………………………………………………………...….33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….…34


KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabga¬cha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil- lashtirish vazifalari belgilab berildi.
Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda- gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha- miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish- larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta- lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq- li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yana¬da takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ush- bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan holda asosiy e’tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, maktabgacha ta'lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha ta'limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar- biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo- qalari, turli xil maktabgacha ta’lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta’lim tizimi to- monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.
Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vu¬judga kelish tarixi, maktabgacha ta’lim didaktikasi, Maktab¬gacha ta’lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida
Konvensiya"ni ta’lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning na¬zariy va amaliy jihatlari yoritilganligi ushbu manba nufuzini oshiradi.
Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan.
Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya an’analari va aqidalari, metodi va yo'1-yo'riqlari nazariy jihat- dan tahlil qilingan. “Maktabgacha pedagogika”ning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan, Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hol- da izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlar- ni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Bu hoi asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da- rajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogi¬ka fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va na¬zariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va mal- akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi.
“Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va mak¬tabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmu- ni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabga¬cha ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabga¬cha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qil¬ish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va nazorat qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo'ladilar.
Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pe¬dagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining g'oyaviy-nazariy darajasini ta’minlashga, uning mazmunini pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq- lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi- da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o‘z us- tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillikyillarida mazkur so- hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoli-yat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut- lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Kurs ishini maqsadi: Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.



Yüklə 132,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin