1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari Amaliy ish rejasi: 1. Pedagogika fanining rivojlanish tarixi.
2. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
3. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi u1-chun pedagogika fanining ahamiyati.
Amaliy mashg`ulotning maqsadi: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslarini,maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalarini, boshqa fanlar bilan bog’liqligini tushuntirish.
Ta’lim metodlari:
Klaster, aqliy hujum,bilits so’rov, Venn diagrammasi.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o`quv qo`llanmalar, ekspert topshiriqlar, markerlar
Kutilayotgan natija: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslarini, maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalarini, boshqa fanlar bilan bog’liqligini amaliy topshiriqlar asosida o`rganishadi.
Bajariladigan ishning mazmuni: Kichik ma’ruza: Pedagogika fanining predmeti. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani “Pedagogika” fanining bir qismi bo‘lib, o‘zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari: yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O‘rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining milliy asoslari- ta’lim-tarbiya muammolarini, muayyan millatning milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lagan holda hal etish, har bir millatning ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga etkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylantirishdan iborat. O‘sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o‘stirish, xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogika fanining dolzarb muammolaridan sanaladi. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi tarbiyachi murabbiylarning o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, yosh avlodni har tomonlamarivojlangan etuk shaxs qilib tarbiyalash uchun o‘z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi usul va vositalaridan keng foydalana olish kabi tarbiyachilik mahoratini shakllantirishga qaratiladi.