Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi


MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI



Yüklə 132,98 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü132,98 Kb.
#168891
1   2   3   4   5   6
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI

1.2 MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI
Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomi- ya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiya- ning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgi- laydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masala- siga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiya- tini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivoj- lanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didak- tik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariya- siga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda peda¬gogika etikaning axloq to'g'risidagi ta’limotiga, estetik tarbi¬yaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika fa- niga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirish- da axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabat- larni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafo- sat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u bi- rinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabi- larning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozir¬gi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolar- ni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlari- ni shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. 0‘sib bo- rayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyat- larining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiya¬si ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv siste¬masining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pe¬dagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiq- ishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish- da yordam beradi.
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pe¬dagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida- gi ma'lumotlar muhimdir, Shunga ko'ra pedagogikaning psi¬xologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, av- valo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogi¬ka tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bi¬lan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta’lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabga¬cha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pe¬dagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan.
Pedagogik fanlar majmuyi. Ta’lim jarayoni va didaktika haqida tushuncha
Ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslari- ni, ya'ni ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogi¬kaning mustaqil bo'limi didaktika shug'ullanadi,
"Didaktika" grekcha so'z bo'lib, "o'qitish”, "o'rgatuvchi" de¬gan ma'nolarni anglatadi. "Didaktika" so'zining lug'aviy tarji- masi "Ta’lim nazariyasi" demakdir. Ta'lim nazariyasi ta'lim ja- rayoni tushunchasi va mohiyatini, ta'lim tamoyillarini, ta'lim mazmunini, ta'lim metodlari, shakllari va vositalari mazmuni¬ni aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta'limni tashkil etishdan iboratdir. Ta'limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlari- dan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta’sir ko'rsatadi, bu esa ularni bilim olishla- rini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta'lim jarayonida o'quvchilar ongiga singdirilayotgan na¬zariy bilimlar amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkam- lanadi. Inson tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga to'qnash kelish yo'li bilan bilib oladi, ularni o'zlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligi- na ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o'zlashtirib oladi.
Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada bo'lish nati- jasida buyumlar sezgi organlariga ta'sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning faol fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqelikni chuqur tu- shunadi.
Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida so'z yuritganda bilish jarayonining mohiyatini ham ta'kidlab o'tish joiz.
Bilish murakkab dialektik jarayon bo'lib, jonli mushoha- dadan abstrakt tafakkurga, so'ngra amaliyotga o'tish yo'lidir.
Bilish shaxs uchun mavhum ham o'zlashtirilmagan narsa, vo- qea va hodisalar mohiyatining ong yordamida anglash iaray- onidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi. Se- zish ongning tashqi olam bilan bo'ladigan chinakam aioqasidir. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sez- gi organlari (bizga ma’lumki, ular beshta)ga ta’sir etuvchi ay- rim si fat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator I.P.Pavlov ta'kidlab o'tganidek, narsalarning ayrim eng muhim sifatlarini his etadi, Sezish muayyan narsa, voqea-hodisalar mazmunini ongda idrok etilishiga olib keladi.
Idrok - sezish a’zolari orqali ongga ta’sir etib turilgan nar¬sa va hodisalarning unda (ongda) yaxlitligicha aks etish jaray- onidir.
Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur ro'y beradi. Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qol- adigan sezishlar va idrokning izidir. Yoki boshqacha aytganda, tasavvur sezgi a'zolariga qachonlardir ta’sir etgan hamda idrok qilingan narsa va voqea-hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zaxirasi boyib, ko'payib boradi. Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida muhim rol o'ynaydi. Tasavvur muayyan umumlash- malarning mavjudligi bilan bog'liq. Sezish, idrok va tasavvur bilishning muhim tarkibiy qismlari bo'lsa-da, ular ham haqiqiy voqealikni bilish muammosini to'la hal etishmaydi, Bilish ja¬rayonining eng yuqori bosqichida tafakkur yuzaga keladi.
Inson faqat tafakkur yuritish jarayonidagina muayyan ja- rayon yoki voqea, hodisa mohiyatini, munosabatlarning sa- babiy baholanishlarini aniqlaydi va shu orqali moddiy borliqni chuqur, to'la va to'g'ri aks etishiga erishadi. Tafakkur I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra, assotsiatsiyalarining hosil bo'Iishidan iborat.
Jonli mushohada uchun birinchi signal tizimi, abstrakt ta~ fakkur uchun ikkinchi signal tizimi asosiy ahamiyatga ega.
Abstrakt tafakkur voqealik bilan o'zaro aloqada bo'lgan taqdirdagina inson bilimlari chuqurlashib boradi. Jonli mu-
shohada va abstrakt tafakkur birligigina bilimlarni haqiqiy va chuqur bilimlarga aylantiradi.
Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoli- yatiga asoslanishi kerak. Odam tabiat va ijtimoiy jamiyat qo- nuniyatlarini ochib, o'z faoliyatida ulardan foj/dalanishga inti' ladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga qanchalikxizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariy amaliy faoli¬yat mohiyatidan kelib chiqib asoslanadi hamda amaliy faoliyat- ning yaxshiroq yo'lga qo'yilishiga xizmat qiladi. Biroq, amaii- yot ayni vaqtda bilimning to'g'rifigini tekshirish vositasi ham- dir. Nazariy g'oya, fikr amalivotda tekshirilgan va u orqali tas- diqlangandagina u inson bilimlarining muhim tarkibiy qismi- ga aylanadi.
Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va tafakkur asosida hosil bo'lishi va yana amaliyotga qaytib bo- rishida namoyon bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bi¬lim amaliyotga o'zining ilgarigi ko'rinishida emas, balki ancha boyigan ko'rinishda, ancha yuqori darajada qaytib boradi. Biz bu holni sxema tarzida quyidagi holatda ko'rishimiz mumkin
Bilish jarayonida bilim hosil bo'ladi. Bilim-odamlarning ijti-
moiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plagan umumlashgan tajri-
basidir. Bilim obyektiv borliqni to'g'ri aks ettiradi. Eng to'g'ri
va mukammal bilimlar ham o'z navbatida doimiy emas, balki
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o'zgarib boradi.
Bilimlar asosida o'quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur,
xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e'tiqod
hosil bo'ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g'oyalar
tizimi tarkib topadi.
\ f 'l IZ ."J ГГ. j v П t- П?«? г
17 ( f l> p v
5 f s r • I!
Ta'lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomoni¬dan o'zlashtirilgan barcha bilimlarni o'rganish mumkin emas. Ta’lim jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar, fanlarning asoslari o'rganiladi.
Ta'lim muassasalarida o'rganiladigan o'quv predmetlari so- ni o'z vazifalari va xususiyatlariga muvofiq tarzda ortib boradi. Bilimlarningamalda bir necha bor qo'llanilishi ko'nikmalarining hosil bo'lishiga olib keladi. Ko'nikma - bu o'zlashtirib olin- gan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ong- li faoliyatdir. Demak, ko'nikma muayyan faoliyatni tashkil etish yo'Hari va usullarini bilib, o'zlashtirib olish hamda o'z bilimlari- ni amalda qo'llay olishdir.
Ko'nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki shart-sharoitlar o'zgargan vaqtda ham ma'lum xatti-harakatlar qilish (hosil bo'lgan tajriba asosida) qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Ko'nikmalarni bilimlar bilan aralashtirib yuborish yara- maydi. Har qanday ko'nikma asosida bilim yotadi. Bilimlar fi- kr-mulohazalarda, ko'nikma esa xatti-harakatlarda ifodalana- di. Xatti-harakatlar aqliy yoki jismoniy bo'lishi mumkin.
Malaka - muayyan usul bilan bexato bajariladigan, o'rganib qolingan avtomatlashgan ongli harakatdir.
Malaka bir xatti-harakatning o'zini bir xil sharoitda ko'p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi. Malaka qanchalik puxta bo'lsa, odam ishni shunchalik tez yo'lga qo'yadi.
Malakalar turlicha bo'ladi, chunonchi, o'quv malakalari - o'qish, sezish, og'zaki hisoblash va boshqalar; mehnat malaka¬lari ish qurollari bilan ishlash, materiallar hamda texnika bilan muomalada bo'lish va hokazolar; harakat malakalari-yurish, yugurish va boshqalar. Ko'nikma kabi malaka ham egallangan bilimlar asosida hosil qilinadi. Ko'nikma va malaka o'rtasida farqli tomonlari ham bor. Xususan, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalar har xil tavsifida bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, bilim, ko'nikma va malaka¬lar ta’lim jarayonida tarkib topadi. Ta'lim - dialektik tarzda
taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatli jarayon bo'lib unda ikki tomon o'quvchi va o'qituvchi ishtirok etadi. Ta'lim berish o'quvchilarga bilimlar berish, ularda ko'nikma va malakalar hosil qilish, yangi haqiqatlarni ochishga yo'naltirilgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.

Yüklə 132,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin