Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi


II.Bob MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT



Yüklə 132,98 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü132,98 Kb.
#168891
1   2   3   4   5   6
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI

II.Bob MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT
METODLARI
2.1 METOD HAQIDA TUSHUNCHA, PEDAGOGIK TADQIQOT
METODLARI
Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, na- zariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifati- da «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qo- nuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi,
Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish ke- rak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mav- jud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangi- lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa¬di va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganiladi.
Usui va metod tushunchalari o'zaro bog'liqdir, chunki ular- ning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo'ladi.
Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangi- lashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsa¬di va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi.
Umuman, pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to'plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushunila- di. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalikto'g'ri tanlasa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashti- rish shu darajada yuksaladi.
Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:
1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;
2. Kuzatish metodi;
3. Suhbat metodi;
4. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;
5. MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi;
6. Eksperiment, tajriba-sinov metodi;
7. Test sinovlar metodi metodi;
8. Statistika ma’lumotlarni tahlil qilish metodi;
9. Matematika va kibernetik metodi;
10. Sotsiologik tadqiqot metodi.
O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'ldir, degan edi pro¬fessor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo'yadi:
1. O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qa- rashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbi¬yaviy tusda bo'lishi lozim.
2. O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday ma¬salalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masa- lalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi.
3.0'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyat- lariga muvofiq bo'lishi lozim.
5. O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e’tibor.
7. O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tuti- )adi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga eri¬shish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshi- rishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dun- yoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga eri- shadilar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblangan,
Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika”, K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida” asarlarida masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.
PEDOGOGIK ILMIY TADQIQOT METODLAR
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o'rgatuVchi Va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirgani- mizdek, metod lotincha "metodos”- yo'l so'zidan olingan bo'lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, il¬miy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatla- rini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar to¬monidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuza- tish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’lumotlarini tahlil va sintez qilish, anke- talar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. l.F.Xarlamovning "Pedagogika” o'quv qo'llanmasida
pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab huj- jatlarini o'rganish, ilo'or tajribalarni umumlashtirish, matema- tik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo'Ilanma- sida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. A.K.Munavvarov tahriri ostidagi “Pedagogika" o'quv qo'llan- masida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, test- so'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik dars- liklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pe¬dagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tad- qiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanish- ning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilish- dan boshlanadi.
Adabiyotlarni o'rganish metodi - Pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma'rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasi- ga va ma'naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsi- yalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.
Kuzatish metodlari - Kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning das- turi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi- yatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilana- di. Kuzatish muddatiga ko'ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish - qisqa kuzatish obyektning kundalik faoli- yatdagi o'zgarishlaridan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq mud¬datli kuzatish - qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib
borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniye va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to'g'ri foydalanish o'quv-tarbiya jarayonining sa- maradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.
Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yo¬ki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas’ul shaxslar bi¬lan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So'roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo'lishi lozim va uni to'g'ri yoki noto'g'rililigiga qa- rab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. O'rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi.
Pedagogik eksperiment - Har qanday pedagogik tadq- iqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlar- ning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabat- lari aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperi-ment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud rauammo- lar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma’lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jara- yonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tash¬kil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga arala- shadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muay¬yan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlab- ki ma’lumotlarni, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek., eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga oiishni tal- ab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini beigilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular daraja- sining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperi- ment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodla- rini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish belgilangan rejaga qat'iy amal qilgan holda olib borilish kerak. Sharhlash bosqichida ma’Iumotlar yig'iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya'ni:
1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo'lishi,
2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi.
3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga ol- ish. Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga im- kon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash- yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalari- ning pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tan- lab olinadigan to'plam majmuining o'rtacha kvadratik chet- ga chikishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuza- tish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari amalda qo'llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo'llanilishidir. Mustaqil O'zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda. Bi- roq, ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko'zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar o'quv-tarbiya jarayonini takomillashti- rish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foy- dalanishning faol imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo'lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qara¬tilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo'lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo'yiladi. Talablarning il¬miy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi peda- goglar bilan o'quvchilarning mo'ljallangan kuch - g'ayrati me- zonini to'g'ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir
tadbirlar kompleksi bo'lib, u olingan xulosalar haqida peda¬gogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o'quv va metodik qo'llanmalar yaratishni, metodik yo'l-yo'riq va metodik tavsi- yalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.
MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi - Pedagogik hodisa- lar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o'rganmoq lozim. MTM hujjatlarini tahlil qilish- da ta'lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. MTM hujjatlarini tahlil qilishda o'quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umum- lashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq qiymatga ega bo'ladi.
Shuningdek, bolalarning umumiy miqdori, uning o'sishi yo¬ki kamayishi sabablari tavsifi, rag'batlantirish va jazolash cho- ralari turlariga, MTMning moddiy bazasiga e'tibor beriladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi - bolalar ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish peda¬gogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bo¬lalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik did- lari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib tura- di. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va ta- komillashtirishning to'g'ri yo'llarini ko'rsatib berishga qaratil- gan.
Statistik ma'lumotlarni analiz va sintez qilish metodi - Pe¬dagogik tadqiqot kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shadi.
Maktabgacha ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mab- lag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'Uanma- lari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, mak¬tab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tusha yotgan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Anketalar metodi - bolalardan so'rash usuli bo'lib, u bolalar jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni olish
uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun ham¬da kasbga yo'llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlan- gan bo'lmog'i lozim. Anketada ko'zlangan maqsadga muvofiq savollar bo'lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chikishi ko'zda tutiladi.
Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig'ib olish metodi an- keta metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqarish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to'ldirilgan anketalar soniga bog'liq bo'ladi. Odatda, anketalar anketa ma'lumotlarni EHM da qo'llab, matematik-statistik metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi pedagogik jamoalarning real faoliyatidagi sababli bog'lanishlari va bog'liqliklarini aniq- lashga yordam beradi.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari - hozir¬gi zamon ishlab chiqarishi, fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisob¬lash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qo'llanilishini talab qiladi. Pedagogik kiberneti¬ka shakli bilim berish jarayonini o'qitish, bilim berish jarayo- nini boshqarishning alohida formasi sifatida o'ziga xos xususi- yatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqa¬rish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlarda kino, ovoz texnikasi, foto, televi- deniye singari texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ular o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam bera¬di. Bolalar uchun qo'shimcha rag'batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular o'qituvchilar mehnatini ma’lum maqsadda yengil- lashtiradi. Ko'rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yo- shini hisobga olgan holda o'quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.
Sotsiologik tadqiqot metodi - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan mu- nosabatlarni aniqlash, talabalar orasidagi do'stlik munosabatlarini aniqlash, o'zi ta’lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtida- gi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlari daraja- sini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, il¬miy dunyoqarashining shakllantirishida ta’sir etuvchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillik- ka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo'lgan salbiy sifatlar- ni aniqlashdir.
Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlarida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyor- lash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivoj- lanishining kafolatlari ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar pedagogik tadqiqoti asosini tashkil etadi,

Yüklə 132,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin