Chichen-Ittsa shahrida joylashgan.
Zinapoyali ulkan ehrom. Miloddan avvalgi 1 ming yillikda barpo etilgan. U
qadimgi madaniyatga ega mayya xalqining nodir merosi.
72
Biroq,
aytish kerakki, YUNESKO mazkur ovoz berish jarayonini qo‗llab-
quvvatlash va uning natijalarini tan olishdan voz kechdi. Tashkilot vakillari bu
reklama kampaniyasi ekanini ma'lum qilib, aynan YuNYeSKOning o‗zi
maxsus
jamg‗armasi orqali tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish bilan shug‗ullanishini
aytdilar. Tashkilot matbuot kotibi Syu Uilyamsning aytishicha,
tanlov tamoyillari
YUNESKO tamoyillariga to‗g‗ri kelmaydi. YuNYeSKOning ta'kidlashicha, dunyo
madaniy merosiga kiritilgan 800 dan ortiq yodgorliklarning bari e'tiborga loyiq.
YUNESKO ning Afg‗oniston madaniy merosi bo‗yicha mutaxassisi Manxart
Budda haykalini tiklash uchun Veber Afg‗oniston
hukumati mandatiga ega
emasligini, qolaversa, haykalni tiklash uchun uning
qoldiqlarini olib tashlash
lozimligini, biroq qadimiy yodgorlik parchalarini buzishga ruxsat berilmasligini
ma'lum qilgan.
Tanlov tashkilotchisi Veber esa "Agar siz biror
narsani asrab qolmoqchi
bo‗lsangiz, uni chindan ham qadrlang", deya amalga oshirilayotgan ishni ma'lum
ma'noda izohladi va amalga oshirilgan ishlar rivojlantirilishini ma'lum qildi. Veber
kelgusi safar - 2008 yil 8 avgustda (08.08.08) "Tabiatning yetti mo‗'jizasi" e'lon
qilinishi va ovoz berish jarayoni boshlanishini e'lon qildi.
Ehtimol, tanlov tashkilotchilarining qarori ko‗pchilik mamlakatlar,
xalqaro
tashkilotlarni qoniqtirmagan bo‗lishi mumkin. Bu o‗rinda siyosiy, diniy, iqtisodiy
jihatlar bir-biriga muvofiq kelmasligi aniq. Ammo bu insoniyatning o‗z ajdodlari
merosini himoya qilishga urinish ramzi sifatida e'tirofga loyiq urinishdir.