70
miloddan avvalgi ikkinchi asrda yashab o‗tgan grek arxitektori Antipar Sidonskiy
tomonidan tuzilgan edi.
5.4.Dunyoning yangi mo„jizalari
Bugungi kunda YUNESKO mutaxassislari fikricha, dunyoda 800 dan ortiq
mo‗jiza deb atashga loyiq yodgorliklar mavjud ekan. Shvesariyalik kinorejessyor
Bernard Veberning tashabbusi bilan 2007 yilda dunyoning yangi yetti mo‘jizasini
aniqlash bo‗yicha telefon va internet orqali so‗rov o‗tkazildi. Mazkur so‗rovga
sayyoramizning turli mamlakatlaridan 100 mln.dan ortiq kishi javob berdi.
12
Ovoz berish natijalari 2007-yil 7- iyul kuni soat 7 da Portugaliyaning
Lissabon shahridagi 50 ming kishidan ziyod tomoshabin to‗plangan stadionda
dunyoning yangi yetti mo‗‘jizasi tantanali ravishda e‘lon qilindi.
Unga quyidagi
tarixiy yodgorliklar kiritildi: Buyuk Xitoy devori, Rio-de-Jineyrodagi Iso Masih
haykali, Ay-Petri (Petra)
tosh shahri, Machu-Pikchudagi inklarning tosh shahri,
Chichen-Itsadagi mayyalar ibodatxonasi, Rim kolizeyi va Tojmahal.
Buyuk Xitoy devori
U xitoychada "Vanli chongchang" deya nomlanib, "10 ming li uzunlikdagi devor"
ma'nosini anglatadi. Uning dastlabki qismi qal'a devori
sifatida miloddan avvalgi
IV-III asrlarda imperator Sin Shixuan davrida qurilgan. Devor tosh va g‗ishtdan
ishlanib, ichini tuproq bilan to‗ldirgan holda, shibbalab bunyod etilgan. Miloddan
avvalgi 2-1-asrlarda g‗arb tomonga 500 kilometrga uzaytirilgan. 2001 yilda ilmiy
tadqiqotlar natijasida uning asli uzunligi 530 kilometr, deya e'tirof etildi.
Buyuk
Xitoy devorining o‗rtacha balandligi 9 metr. Kengligi 5-6,5 metr. Devorda soq-
chilar uchun to‗rtburchak burjlar qurilgan va ularning balandligi 10-12 metrgacha
yetgan. Har 10 kilometrda kuzatish, xabar
berish minoralari, tog‗dagi muhim o‗tish
joylarida qo‗rg‗onlar bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: