Misr ehromlari qadimiy inshootlar bo’lishi bilan birga sirli va mo’jizaviydir. Uning qurilishi, arxitekturasi, ichki joylashuvlari – haqiqiy jumboqdir. Misrda hammasi bo’lib 118 piramida ehromlar bor. Quyida ushbu dunyoning yetti mo’jizalaridan biri hisoblangan Misr ehromlarining ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

1.Ro’yxatni birinchi bo’lib, mashhurligi bilan butun dunyoga nom taratgan Buyuk Xeops ehromi ochib beradi. Aynan mana shu ehrom barcha Misr ehromlarining yuzi hisoblanadi va kattaligi bilan ajralib turadi. U haqda ko’plab afsona va jumboqlar mavjud. Ushbu piramidaning qurilishiga naq yigirma yil ketdi va eramizdan avvalgi 2560 yilda qurib bitkazildi.

Buyuk Misr ehromining balandligi 146.5 metr, u 4 ming yil davomida dunyoning eng baland inshooti hisoblanib kelingan.
2.Ro’yxatning ikkinchi o’rnida Xeopsning o’g’li Xefrenning ehromi turadi. U 10 metrlik platoda qurilgan, shuning uchun Xeops ehromidan baland ko’rinadi, aslini olganda esa unday emas. Uning haqiqiy balandligi – 136,4 metra teng.

Xefren ehromining yaqinida Buyuk Sfinks joylashgan.Ushbu monument qoyalarga o’yib tasvirlangan. Sfinks haykalining yuz tuzilishi Xefren fir’avnining yuz tuzilishini eslatadi.
3.Uchinchi Buyuk piramida – Mikerina ehromidir. U avvalgilaridan kichikroq bo’lib, ulardan kechroq qurilgan. Uning balandligi -66 metr, asosining uzunligi esa – 108.4 metrga teng.
U kichkina bo’lishiga qaramasdan, shu uch ehromlar ichida eng chiroyligi hisoblanadi. Mikerina ehromi katta ehromlar davrini kuzatib qo’yishga muvaffaq bo’ldi. Undan keyin qurilgan barcha ehromlar kichik hajmda barpo qilingan.

4.Bu bilan
4.Bu bilan
Misr ehromlari
tugamaydi, endi
Gizadan boshqa joylarga
ko’chamiz. Misrning
katta piramidalaridan
biri – bu Djoser ehromidir. Bu ehrom Sakkara qishlog’ida joylashgan bo’lib, naq Imxotepning o’zi tomonidan Djoser fir’avn uchun barpo qilingan. Maydoni – 125 metrga 115 metr, balandligi esa – 62 metrga teng. Bu Misrning eng birinchi ehromi hisoblanadi va shunga qaramay yaxshi saqlanib qolingan.
5.Ko’rini shijihatidan eng noyob piramida – bu Medume ehromidir. U Misr poytaxtidan 100 metr janubroqda joylashgan bo’lib, Xuni fir’avni tomonidan qurila boshlangan,biroq uning o’g’li Snofru uni oxirigacha qurib bitkazgan. Ehromning avvaliga 8 ta zinapoyasi bor edi, biroq bizning davrga kelguncha bor-yo’g’i oxirgi uchtasi qolgan, xolos. Piramidaning balandligi – 118 metr, maydoni esa 146 ga146 metr.

6.Pushtirang piramida esa qurilishda ishlatilgan o’zgacha tosh tufayli shunday tusga ega. Bu ehrom balandligi bo’yicha Xeops va Xefren piramidalaridan keyin uchinchi o’rinda turadi. Balandligi 104, 4 metr.Tarixchilarning aytishlaricha, ushbu ehromni biz tanishib o’tgan Snofru fir’avni barpo qildirgan.

7.Pushtirang ehrom yaqinada Qiyshiq ehrom joylashgan. U eramizdan avvalgi XXVI asrda qurilgan bo’lib, noto’g’ri ko’rinishga ega bo’lganligi uchun shunday nom olgan. O’zingiz buni guvohi bo’lishingiz mumkin. Qarang: ehrom uch etapda qurilgan bo’lib, har birida har xil burchakli qiyaliklar yasalgan.