68
Infratuzilma resurslari
quyidagi guruhlarni o‗z ichiga oladi: transport
ta‘minoti, joylashtirish tizimi,
ovqatlantirish tizimi, suviner mahsulotlari ishlab
chiqarish tizimi. Hozirgi kunda turizmni rivojlanishini turizm infratuzilmasini
jadallashuvisiz ko‗rish mumkin emas. Chunki mavjud turistik resurslardan
samarali foydalanishda bu resurslarning o‗rni benihoya katta ahamiyatga ega.
5.3.Turistik akvatoriya
Turistik hudud yoki akvatoriya – bu qimmatli bo‗lgan turistik resurslar,
turistik mintaqa tarkibida ajratib ko‗rsatiladigan turistik ehtiyojlar ob‘ektini reestr
va kadastrlarda hamda boshqa hujjatlarda qayd qilish
bilan turizm maqsadlarida
foydalanish bilan ma‘lum geografik o‗rindagi majmuali turistik resurslar
ko‗rinishidan iborat.
Hudud – quruqlikda yoki yer ostida bo‗lishi mumkin. Quruqlikdagi, yer
ustidagi hudud qo‗shimcha tushuntirishni talab etmaydi. Yer osti hududi mos
ravishda shaxta va tog‗ ishlanmalarida g‗arshunos turizmini sevuvchilar uchun
resurs vazifasini o‗taydi. Masalan, turistlar Logannasburg (JAR) dagi oltin konlari
shaxtalariga va olmos konlariga tashrif buyuradilar. Ba‘zi
shaxtalar faqatgina
ekskursiya maqsadlarida emas, balki yer ostida tabiat yaratgan o‗ta o‗ziga xos
iqlimda davolanish maqsadalarida foydalaniladi. Bunga misol qilib, Alp tog‗idagi
eski oltin qazib olinadigan shaxtadagi Bad Gastoyi joyini ko‗rsatish mumkin
(yuqori temperatura va yuqori namlikdagi radion ingalatsiyasi).
G‗orlarga tashrif – g‗orshunoslik turizmi va ekskursiyaning eng keng
tarqalgan turlaridan biri hisoblanib, faqatgina Gresiyada
turistlar tashrif buyurishi
mumkin bo‗lgan 3500 ga yaqin g‗orlar hamda undan ham ko‗proq tashrif
buyuradigan g‗orlar mavjud. Ulkan g‗orlar Meksika, AQSH, Janubiy Afrika,
Rossiya va boshqa davlatlarda, hattoki o‗zimizda ham mavjud. Bugungi kunda
O‗zbekiston Respublikasi tog‗ tizmalari va hududlarida turli xildagi 400 dan ortiq
g‗orlar mavjud.
Akvatoriya –muhim turistik resurs hisoblanadi.
Suv insonga oziqlanish
vositasi sifatida zarur va shu sababli tanishuv yoki sarguzashtli ma‘noda bu juda
69
qiziq hisoblanadi. Dunyoda maska bilan unchalik chuqur bo‗lmagan chuqurlikda
va akvalang bilan 70m chuqurlikkacha tushuvchi suvosti turizmining 50 mln. ga
yaqin ishqibozlari mavjud. Katta Bar‘er rifi suv osti qoyalari Avstraliya milliy
boyligi hamda jahon ahamiyatiga molik akvapark deb e‘lon qilingan. Ikkinchi
kichik Bar‘er qoyasi Beliz qirg‗oqlarida joylashgan
hamda suvosti dunyosi
ishqibozlari va suvosti sarguzashtlarini sevuvchilar uchun haqiqiy jannat bo‗lib
hisoblanadi.
Qizil
dengiz
suvostida
suzuvchilar
uchun
cheklanmagan
imkoniyatlarni tug‗diradi va kurortda dam oluvchilar ko‗ngil yozishining ajralmas
qismi bo‗lib hisoblanadi.
Qadimgi suvosti boyliklarni izlab topish, oltini bilan cho‗kib ketgan kemalarni
qidirish bugun turizmning muhim turini tashkil etadi. Gresiya, Kipr, Italiya,
Turkiya kabi O‗rta Yer dengizining boshqa davlatlari o‗z suvosti xazinalaridan
faol, oqilona foydalanadilar. Suvdagi hayvonot dunyosini va marjon suvosti
qoyalarini kuzatish uchun turistik suvosti qayiqlaridan hamda deyarli barcha
dengiz bo‗yi turistik markazlarida mavjud bo‗lgan suvning tubi musaffo tarzda
ko‗rinib turadigan kemalardan foydalaniladi. Maxsus
turistik suvosti qayiqlari
Bermud, Kanar orollari, Qizil dengiz, Bolear orollarida va Ispaniyaning Kosta-
Bravo kurortli qirg‗oqlarida mavjud. Cho‗kib ketgan kemalarni izlab topish –
sarguzashtli turizmning ommabop turi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: