13
Bu o‗lkamiz turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarning yanada
tezroq sur‘atlarda rivojlantirishga yordam berdi.
O‗zbekiston Respublikasining bu davrdagi amalga oshirilgan ulkan ishlarini
hisobga olib, Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan
biri – Ta‘lim, Fan va madaniyat masalalari bo‗yicha
Xalqaro islom tashkiloti
(ISESCO) Toshkentni 2007-yilda Xalqaro islom madaniyati markazi deb e‘lon
qildi. O‗zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va
yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun
Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‗ldi.
Shuni ham ta‘kidlab o‗tish kerakki, 1993-yilda mamlakatimizda bor yo‗g‗i 4
ta xususiy turistik firma bo‗lgan bo‗lsa, hozirgi
kunda turizm xizmatlarining
nodavlat sektorida 800 ta turistik firma va mehmonxona, shu jumladan umumiy
sig‗imi 30 ming joydan iborat 500 ta mehmonxona va 300 ga yaqin turoperator va
turagentlar faoliyat olib bormoqdalar.
4
Dostları ilə paylaş: