«Soha iqtisodiyoti va menejmenti» fani talabalarga nafaqat muayyan axborot,
ma’lumotlar, bilim va ilm berishi, balki ularni o‘z yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlab
4
olishga, murakkab iqtisodiy muammolar yechimini topa bilishga o'rgatishi kerak.
1-Bob.
KORXONALARNING TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLLARI
1.1. Korxonalar mohiyati va faoliyatning asosi
Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo‘g’ini bo‘lib, unda ilmiy
iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi.
Korxona ish o‘rinlarini beradi ish haqi to‘laydi soliqlar to‘lash yo‘li bilan davlat
va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi.
Korxona faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarishni quyidagicha tashkil
etish shakllariga ega:
konsentratsiyalash, bir joyga jamlash;
ixtisoslashtirish;
kooperatsiyalash;
ishlab chiqarishni murakkablashtirish kabi usullardan foydalanishga
bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxonabu - huquqiy shaxs
maqomiga ega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo‘lib,
o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar
(xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish,
xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida
mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil
xo‘jalik yurituvchi iqtisodiyot sub’ektidir.
Korxonaning markaziy holati quyidagi holatlarga bog‘liq:
korxona inson hayotini tashkil etishning asosiy shaklidir. Bu erda xodim
o‘zining ijodiy salohiyatini anglaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi; bu
erda u o‘zini o‘zi va oila a’zolarini moliyaviy ta’minlab berganligi uchun mukofot
oladi;
5
korxona turli xil ishtirokchilar o‘rtasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish
jarayonida rivojlanadigan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy sub’ekti
vazifasini bajaradi;
korxona nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy tashkilot hamdir, chunki uning
poydevori shaxs va mehnat jamoasidan iborat; korxonada jamiyat, mulkdor, jamoa
va ishchining manfaatlari o‘zaro bog‘liq, ularning qarama-qarshiliklari ishlab
chiqilgan va hal qilingan;
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan korxona tabiiy muhitga ta’sir
ko‘rsatib, inson yashash joyining holatini belgilaydi.
Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:
ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga
miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar
o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat
yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil
bo‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor
munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
1) korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega
bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy
mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
2) korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi
majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
3) korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni
qonunga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot
6
(ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda
boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
4) korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida
qatnashish huquqiga ega;
5) korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va
mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan
belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
6) korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli
o‘z aksini topadi.
Xar bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va
muomala jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi
faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni
tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat -
ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab
chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala
sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini
tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish
vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi.
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil
qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o‘zi (korxona) va ushbu tizim faoliyat
yurituvchi tashqi muhitni ko‘rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab
chiqarish vositalari, pul mablag‘lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilar hisoblanadi:
bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish
yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash;
mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
7
ishlab
chiqarishni
rejalashtirish,
dasturlash,
muvofiqlashtirish
va
moliyalashtirish;
mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni
mukammallashtirish;
korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama,
texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish.
Albatta, zamonaviy korxonalarning ko‘p qirrali faoliyati yuqorida sanab
o‘tilgan yo‘nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika
taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi
talablari bilan to‘ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’i nazar,
xo‘jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni
bajarishga qaratilishi zarur:
korxona egasining daromad olishi;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;
xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;
korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;
ishlab
chiqarishni
tashkil
etish
va
boshqarish
shakllarini
mukammallashtirish;
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.
Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan
quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish va sotish;
sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish;
ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;
xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;
8
soliqlarni to‘lash, byudjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va
to‘lovlarni amalga oshirish;
amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-
qoidalarga rioya qilish.
Xar bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti,
shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, milliy
iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan
farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va
boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab
chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo‘llash
mumkin bo‘lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy
jihatdan isbotlab berilgan.
Dostları ilə paylaş: |