3
KIRISH
Respublikamizda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar surati tobora avj olmoqda.
O‘zbekiston jamiyatni isloh qilishning o‘zi tanlagan yo‘li
tamoyillarini amalga
oshira borib, keyingi yillarda ko‘p tarmoqli iqtisodiyot asoslarini,davlat tomonidan
boshqarilishining yangi tizimini, bozor islohatlarining boshqa vazifalarini hal qilish
borasida katta yutuqlarga erishdi. Bozor islohatlarining
huquqiy negizi tobora
mustahkamlanib bormoqda. Bunday sharoit Soha iqtisodiyotiva menejmenti fani
oldiga yangidan – yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Demokralik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni
liberallashtirishni yanada
chuqurlashtirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy
farovonligini ta’minlashda iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo'lgan sanoatning
mavqeyi alohida o‘rin egallaydi. Ana shu juda muhim soha iqtisodiy asoslarining ham
nazariy, ham amaliy mohiyati
va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha
yangiliklar va tashkiliy o'zgarishlarni his eta oladigan
muxandislarni tayyorlashda
«Soha iqtisodiyoti va menejmenti» fani alohida ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar barqarorligi ko‘p jihatdan iqtisodiy faoliyatning holatiga, yani ishlab
chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish va boshqarish usullari,
mehnatga haq
to‘lash, bozor talablariga o‘z vaqtida javob berish, texnik va investitsion qaror qabul
qilishda yanglishmaslik va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishda bu
masalalarni hal etish nechog‘lik to‘g‘ri va samarali amalga oshirilishiga korxona va
uning har bir xodimi hamda butun davlatning ravnaqi va gullab –
yashnashi ham
bog‘liq bo‘ladi.
Fanning asosiy maqsadi ilm toliblarida zamonaviy iqtisodiy fikrlashni,
mamlakat milliy ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish
tizimida sanoat majmuining
o’rini tavsiflash, milliy iqtisodiyotningva aholining sanoat mahsulotlariga bo‘lgan
ehtiyojlarini to’laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish va sanoat
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaruriyati to‘g‘risidagi umumlashgan
tasavvurni shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: