O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Investitsiya faoliyati- investitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq 
faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. 
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari - bo’yurtmachilar, pudratchilar, etkazib 
beruvchilar, banklar, sug‘urta Korxonalari, loyihalovchilar, vositachilar, ilmiy-
maslahat firmalari, o‘z mamlakatidagi qonunchilikka ko‘ra investitsiyaviy mulk 
egalari (tasarrufchilari) yoki bo’yurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha 
oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin. 
Investorlar -investitsiya bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxs yoki fuqarо, 
xususiy va qarzga olingan mulqiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida 
qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari.
Innovatsion texnologiyalariqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish 
bosqichlarida qo‘llaniluvchi usul va vositalar majmui bo‘lib, o‘z ichiga joriy etish
trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi. 
Ishlab chiqarish – ma’lum davrda alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mol va xizmatlar 
qiymati. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab 
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar 
asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 


207 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin