O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

 
 
Taqrizchilar: 
Baxretdinova X.A. TIQXMMI «Menejment» kafedrasi 
professori; 
Maxkamova M.A.Toshkent Davlat Texnika Universiteti 
«Korporativ boshqaruv» kafedrasi mudiri, professor
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2020 
© Nashriyot, 2020 
 
 
 
 



KIRISH 
Respublikamizda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar surati tobora avj olmoqda. 
O‘zbekiston jamiyatni isloh qilishning o‘zi tanlagan yo‘li tamoyillarini amalga 
oshira borib, keyingi yillarda ko‘p tarmoqli iqtisodiyot asoslarini,davlat tomonidan 
boshqarilishining yangi tizimini, bozor islohatlarining boshqa vazifalarini hal qilish 
borasida katta yutuqlarga erishdi. Bozor islohatlarining huquqiy negizi tobora 
mustahkamlanib bormoqda. Bunday sharoit Soha iqtisodiyotiva menejmenti fani 
oldiga yangidan – yangi vazifalarni qo‘ymoqda. 
Demokralik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada 
chuqurlashtirish va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy 
farovonligini ta’minlashda iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo'lgan sanoatning 
mavqeyi alohida o‘rin egallaydi. Ana shu juda muhim soha iqtisodiy asoslarining ham 
nazariy, ham amaliy mohiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha 
yangiliklar va tashkiliy o'zgarishlarni his eta oladigan muxandislarni tayyorlashda 
«Soha iqtisodiyoti va menejmenti» fani alohida ahamiyat kasb etadi. 
Korxonalar barqarorligi ko‘p jihatdan iqtisodiy faoliyatning holatiga, yani ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish va boshqarish usullari, mehnatga haq 
to‘lash, bozor talablariga o‘z vaqtida javob berish, texnik va investitsion qaror qabul 
qilishda yanglishmaslik va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishda bu 
masalalarni hal etish nechog‘lik to‘g‘ri va samarali amalga oshirilishiga korxona va 
uning har bir xodimi hamda butun davlatning ravnaqi va gullab – yashnashi ham 
bog‘liq bo‘ladi. 
Fanning asosiy maqsadi ilm toliblarida zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, 
mamlakat milliy ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish tizimida sanoat majmuining 
o’rini tavsiflash, milliy iqtisodiyotningva aholining sanoat mahsulotlariga bo‘lgan 
ehtiyojlarini to’laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoat 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaruriyati to‘g‘risidagi umumlashgan 
tasavvurni shakllantirishdan iborat. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin