O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo‘jalik assotsiatsiyasi kabi 
tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu 
tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz. 
O’zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning 
iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatining turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish 
uchun tashkiliy jixatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga 
asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlardan) iborat. 
YUridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, jamoa mulki huquqi asosida o’ziga 
qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan 
mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt kooperativ hisoblanadi. Er va boshqa tabiy 
boyliklar kooperativlarga foydalanish uchun beriladi. 
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo‘shma 
faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks 
ettiradi. 
Konsern- ishlab chiqarish diversifikatsiyasi asosida tarkib topadigan yirik, ko’p 
tarmoqli koproratsiya. Ular asta-sekin sanoat monopoliyasining etakchi shakliga 
aylanadi. 
KonsorsiumKorxona va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik 
kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‘ni birgalikda 
joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. 
Konsorsium bo’yurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.


11 
Konsorso’m- (shirkat, uyushma)- korxonalarning vaqtincha tashkil etilgan 
birlashmalari, ular odatda moliyaviy ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, 
banklar, moliyaviy muassasalar, yirik firmalar ishtirok etadi. 
Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik 
yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga 
kiruvchi sub’ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. 
Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish 
maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy sub’ekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi 
shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aksiyadorlik (hissadorlik) 
jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. 
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va 
moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, 
tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga 
asoslanib faoliyat yuritadi. 
Integratsiyaning bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda 
kooperatsiya asosida birlashadilar. 
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta’minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi) 
hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi 
korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar. 
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning 
tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini 
yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi. 
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va 
muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor 
ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini 
ifodalaydi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin